QANDAY QILIB YANGI TILNI TEZROQ O‘RGANISH MUMKIN?
Yangi tilni qanday qilib cho`ntakka ziyon yetkazmay yoki o‘rganish dasturlariga ehtiyoj sezmasdan o‘rganish mumkinligini bilmoqchimisiz? Albatta, bunda hech qanday sir yo‘q. Faqatgina yangi tilga ko`nikish, qattiq mehnat qilish va xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak. Batafsilroq ma’lumot olish uchun quyidagilardan boshlaymiz:
1. Mahalliy spiker bilan muloqot
Yangi tilni o‘rganishnig eng yaxshi yo‘li gapirishdir. Ko‘pincha insonlar o‘qiyotgan narsalarini amaliyotda qo‘llashning o‘rniga deyarli vaqtlarining hammasini grammatikani o‘rganish va yangi so‘zlar ro‘yxatini yodlash uchun sarflashadi. Real hayotda inson bilan gaplashish kitob yoki kompyuter ekranidan ko‘ra tilni o‘rganish uchun sizga yaxshi motivatsiya beradi. Sizga tajriba uchun yordam beradigan va siz o‘rganmoqchi bo‘lgan tilda gaplasha oladigan do‘st yoki kollegiya topishga urinib ko‘ring. Agar siz shu tilda gaplashadigan hech kimni topa olmasangiz “Skype” dasturi orqali kim bilandir bog‘lanishga urinib ko‘ring.
2. Har kuni shu tilni o‘rganing.
Odamlar 5 yildan beri o‘rganishga harakat qilayotgan tilni qancha o‘rgansa ham,haligacha ravon gapira olmasligi haqida tez-tez shikoyat qilib turishadi. Ammo ular besh yil deganda, ehtimol, hafta davomida faqat 2 soat yoki undan ham kam vaqtni nazarda tutishayotgandir. Keling, bir narsani aniqlashtirib olaylik – agar siz yangi tilni tezda o‘rganib olishni xohlasangiz, bu bir necha hafta yoki oylarni o‘z ichiga oladi, chunki bu holda siz kuniga 2 soat tilni o‘rganishga majbur bo‘lasiz. Takrorlash tilni o‘rganishga asos bo‘ladi – uni eslab qolguningizgacha miyangizga qayta va qayta joylang.
3. Doimo yoningizda lug‘at olib yuring.
Yoningizda o‘zingiz bilan lug‘at olib yurish orqali ham vaqtingizni tejaysiz, ham umidsizlikdan xalos bo‘lasiz. Bu lug‘at kitob yoki telefonimizdagi lug‘at ilovasi bo‘lishi ham mumkin – u sizga biror noma’lum so‘z shoshilinch kerak bo‘lib qolganda yordam beradi. Bu yo‘l orqali siz bir kunda qo‘shimcha 20 yoki 30 ta yangi so‘z o‘rganasiz.
4. O‘zingiz tanlagan tilda televizor ko‘ring, eshiting, o‘qing va yozing.
Tilning ichiga sho‘ng‘ib ketish shuni anglatadiki, siz o‘z ona tilingizda qiladigan barcha odatiy ishlarni yangi til orqali bajarasiz, ya’ni o‘qiysiz, yozasiz yoki eshitasiz. Siz o‘rganmoqchi bo‘lgan tilda siz qilishingiz mumkin bo‘lgan eng oson narsa – bu televizorda shu tildagi ko‘rsatuvlar va filmlarni ko‘rishdir.
5. Siz tilini o‘rganayotgan mamlakatga tashrif buyuring.
Shubhasiz, bu sizning tilni o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatingizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mahalliy aholi bilan muloqot qilishga o‘zingizni majburlang. Ya’ni, biror joyga boradigan yo‘nalishni so`rash yoki oddiygina salomlashish orqali ham muloqotga kirishasiz. Sizdagi og‘zaki ko‘nikmalarning ahamiyati yo‘q, o‘zingizni gapirishga majbur qiling va muhimi, siz tez orada so‘zlaringiz, lug‘at boyligingiz va talaffuzingizning kengayganini sezasiz.
Oddiygina ko`rsatmalar, shunday emasmi? Ko`rdingizmi, siz yangi tilni to`laqonli o`rganib, unda xatosiz va ravon gapirishga erisha olishingiz uchun ko`p mablag` shart emas. Muhimi, o`zingizga bo`lgan ishonch, g`ayrat, qunt va hafsala bo`lsa bas. Mashhur aktyor Samuel Jekson aytganidek, “Buyuk muvaffaqiyatning birinchi sharti – o`z-o`zingga bo`lgan ishonchdir”.
Madina AXMEDOVA
tayyorladi
soglom.uz/tavsiya/qanday-qilib-yangi-tilni-tezroq-organish-mumkin-2/