O‘git va nasihatlar haqida
Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.
F. LAROShFUKO
Chavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz.
K. GELVESIY
O‘zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha osondir.
F. LAROShFUKO
Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.
G. LIXTENBERG
Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALES
Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJER
Odamlar hech narsani nasihatdek nafratlanib qabul qilmaydilar.
J. ADDISON
Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.
V. ShOU
Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.
F. BEKON
Boshga kulfat tushganda kimki noto‘g‘ri maslahat bersa, maslahat berishni istamagani.
SENEKA
Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.
A. I. GERSEN
Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.
P. KALDERON
Baxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.
ESXIL
Sizdan iltimos qilinmagan ishni o‘zingizdan-o‘zingiz bajarmang.
O. BALZAK
O‘zing istagan narsani birovga tirkama; did har kimda har xil.
B. ShOU
Barchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.
D. I. PISAREV
O‘zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUS
Yoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.
SOLON
Osonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.
L. VOVENARG
Yaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.
B. JONSON
O‘z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.
LEONARDO da VINChI
Birortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.
ISOKRAT
Yaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.
T. FULLER
Dushmandan ham o‘rganish mumkin.
M. MONTEN
Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFAN
G‘anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.
SA’DIY
Yaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.
I. GYoTE
O‘zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.
DEMOKRIT
Odamlarning maslahatlashmoqchi bo‘lish odatlarida qanchalar riyokorlik bor! Maslahat so‘rayotgan kishi o‘z do‘stining fikrlariga o‘zini hurmat bilan quloq tutayotgandek ko‘rsatadi, vaholanki, aslida unga kimningdir e’tibori kerak, kimdir uning ishini ma’qullab,o‘sha ishi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olishi kerak.
F. LAROShFUKO
Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.
R. ROLLAN
Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.
SA’DIY
Ahmoq bilan munozara qish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.
P. BUAST
Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.
Sh. MONTESKE
Maslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.
B. FRANKLIN
Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.
DEMOKRIT
Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlama-guningcha eshitishni istashmaydi.
G. LIXTENBERG
Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.
I. MYuLLER
So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
SUQROT
Nodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.
SA’DIY
Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soldi.
I. GYoTE
Birovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.
F. LAROShFUKO
Maslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.
F. LAROShFUKO
Ahmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.
G. LESSING
ziyouz.uz