Tish zirqirab og’riyaotgan tomonga bargurubni ezib, suvidan bir necha tomchi tomizilsa, tezda tish og’rig’i barham topadi.
Tish lo’qillab yoki simillab og’riy boshlasa, marmarak, qirqbo’g’in, g’ozpanja yoki bo’ymadoron o’tlarining birortasini qaynatib, iliq holida og’iz chayqaladi yoki og’riyotgan tish atrofida ushlab turiladi.
Semizo’tning bargini chaynasangiz, tish milklaridan qon ketishini to’xtatadi.
Tish milklari bo’shashib ketsa, har kecha qizilgul va anor gullarini ezib, milklarga oz-oz qo’yib turing.
Oshqovoqning ham “go’shti” dan olingan suvga limon suvidan aralashtirib,, g’arg’ara qilinsa, tish og’rig’i tuzatiladi.
Yong’oq po’sti, asal yoki uzum shirasidan tayyorlangan sharbat bilan og’iz bo’shlig’i g’arg’ara qilinsa, tishning qimirlab qolish holatini tuzatadi.
Tishingizning o’ng tomoni og’risa, chap qo’lingizning tomiriga, aksincha bo’lsa, o’ng qo’lingizning tomiriga qirg’ichdan o’tkazilgan sarimsoqni bog’lang, shunda iztirobli darddan qutilasiz.
Sholg’om ildizmevasi qirg’ichdan o’tkazilib, bir piyola suv bilan 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Suzib olingach, sharbati bilan og’iz bo’shlig’i chayiladigan bo’lsa, zirqirab og’riyotgan tishga malham bo’ladi.
Anjir mevasi asosida qaynatma tayyorlanib, iliqligida og’iz bo’shlig’ida tutib turiladigan bo’lsa, milklarning pilla bog’lashiga barham beradi.
Lo’qillab og’riyotgan tishga yarimta no’xatcha keladigan kanakunjut (kamfora) qo’yilib, uni chaynab, yumshatilgan qog’oz bilan mustahkamlab qo’yilsa, aziyatdan holi bo’lasiz.