Sinf rahbarlik uchun avgust oyida ham haq to‘lanadimi?
Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 275-son qarori 4-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Cinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
— 15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
— 16 dan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
— 21 dan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
— 26 dan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
— 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;
Ushbu bandda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmasligi qayd etilgan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:45