O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi
Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi
ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022 yil 2 iyuldagi majlis bayoniga asosan oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun to‘lov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bu o‘rinlarga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar da’vogarlik qilishi mumkin.
Buning uchun oliy ta’limga ega bo‘lmagan, maqsadli qabul parametrlardagi joylarga da’vogar o‘qituvchilar ilovadagi OTM yo‘nalishlariga barcha abituriyentlar qatori 20 iyulga qadar tegishli tartibda Davlat test markazi portalida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Oliy ta’limga ega bo‘lmagan da’vogar o‘qituvchilar o‘rnatilgan tartibda kirish imtihonlarida ishtirok etadi va asosiy kvotaga kira olmagan taqdirda maqsadli qabul parametrlari doirasida ballar ketma-ketligida o‘qishga tavsiya qilinadi.
👉Xalq ta’limi Info
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:46