Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Har oylik ustamalar belgilashda kuyidagi olimpiadalar, koʼrik tanlovlar, musobaqalar hamda sinfdan tashqari amalga oshirilgan ishlar inobatga olinadi:

O’qituvchilar uchun ustama olishda ball beradigan xalqaro va milliy olimpiadalar bilan tanishing.
1.Аsosiy fan olimpiadasi (4 bosqichli);
2.Xalqaro matematika olimpiadasi;
3.Xalqaro fizika olimpiadasi;
4.Xalqaro kimyo olimpiadasi;
5.Xalqaro biologiya olimpiadasi;
6.Xalqaro informatika olimpiadasi;
7.Xalqaro Kavkaz olimpiadasi (matematika fani);
8.Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika fani);
9.Xalqaro Mendeleev olimpiadasi (kimyo fani);
10.Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi — kimyo, biologiya va fizika;
11.7-8 sinflar oʼrtasida al-Xorazmiy olimpiadasi (matematika fani);
12.Osiyo fizika olimpiadasi;
13.Osiyo-Tinch okeani informatika olimpiadasi;
14.Evropa fizika olimpiadasi;
15.Xalqaro iqtisod olimpiadasi;
16.Xalqaro matematika musobaqasi;
17.Аl-Fargʼoniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi
18.Аl-Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

O’qing, albatta qiziq: Ustama olayotgan o‘qituvchilarga mukofot puli berilmaydimi?

O’quvchilar qaysi ko’rik-tanlov va musobaqalrda g’oliblikni qo’lga kiritsa o’qituvchi ustamasi uchun ball berilishi haqida ma’lumot.
1.“Oʼzbek tilim — iftixorim” mavzusida insholar tanlovi;
2.“Besh tashabbus — sanʼat bilan” shiori ostida festival- tanlov (3-bosqichli);
3.“Besh tashabbus — sport bilan” shiori ostida sport musobaqasi (3-bosqichli);
4.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari va oʼqituvchilari oʼrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);
5.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʼquvchilari oʼrtasida respublika birinchiligi (2-bosqichli);
6.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʼlingda” shiori ostida respublika birinchiligi (4-bosqichli);
7.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari (4-bosqichli);
8.Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida “Eshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi (4-bosqichli);
9.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Kurash — milliy gʼururnmiz” shiori ostida sportning kurash turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);
10.“Besh tashabbus — axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida festival-tanlovi;
11.“Besh tashabbus — kitob bilan” shiori ostida festival-tanlovi (3-bosqichli);
12.“Besh tashabbus — besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon” koʼrik-tanlovi (3-bosqichli);
13.Fan toʼgaraklari boʼyicha koʼrik-tanlovlar (3-bosqichli)
14.Maktab oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladigan “Konstitutsiya-erkinligimiz kafolati” respublika koʼrik-tanlovi;
15.Umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Mening huquk va majburiyatlarim” respublika koʼrik-tanlovi;
16.“Yosh gvardiyachi”, “Yosh chegarachi”, “Yashil chiroq” musobaqalari;
17.“Eng obod taʼlim muassasasi” koʼrik tanlovi;
18.“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi
19.Jamiyatda oʼqituvchi va ustozlarning mavqeini oshirishga karatilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi.

O’qing, albatta qiziq: Inklyuziv taʼlim sinflari o’qituvchilariga qo’shimcha ustama to’lanadi

Boshlang’ich sinf o’quvchilari qanday tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki uchun o’qituvchilarga ustama olishda ball berilishi bilan tanishing.
1.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari va oʼqituvchilari oʼrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (1-bosqich)
2.Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” respublika birinchiligi (1-bosqich)
3.Fan toʼgaraklari boʼyicha koʼrik-tanlorlar (1-bosqich)

O’qing, albatta qiziq: O ‘qituvchi ustama olmasa, ustamasiz qolsa kim aybdor?

Ustama olish uchun sinfdan tashqari ishlar ro’yhati bilan tanishing.
1.Fan toʼgaraklari tashkil etish
2.“Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil etish
3.“Yosh kitobxonlik klubi”ni tashkil etish
4.Xor va ansambl jamoalarini tashkil etish
5.Beshta muhim tashabbus tadbirlarini oʼtkazish
6.Yozuvchi va shoirlar tavallud kuniga bagʼishlab mushoira kechalari va turli tadbirlar oʼtkazish
7.Gazeta va veb-saytlarda yangi yondashuv asosida qoʼshimcha mashgʼulotlar olib borilganligi yuzasidan maqollar chiqarish.

Аsos: XTVning 16.09.2021 dagi 03-02/3-2504-sonli, 15.06.2022 dagi 2628-sonli xati
Mavzuga doir:
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati
Maqola yozish ustama olishga yordam beradimi?
Ustama olish uchun ko‘rik-tanlovlar ro‘yhati kengaytirildi
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:35