Maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi yana oshiriladimi?
Savol: Rasmiy manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda «2023 yil 1 yanvardan boshlab o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi» degan xabarlarga ko‘zimiz tushyapti. Bu xabarlar to‘g‘rimi? Rostan ham maktab o‘qituvchilarining oyligi yana oshiriladimi?
Javob: Haqiqatdan ham o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshirilib, erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlarning oyligiga 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etilishi rost.
❗️Ammo bu umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilariga tegishli emas. Ya’ni bu tartib faqatgina professional ta’limdagi pedagog xodimlarga ta’luqli.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda pedagog xodimlar (iyun oyidan oshirilgan oyliklar bo‘yicha) quyidagicha oylik oladilar:
✅O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 407 ming 368 so‘m
✅Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 2 mln 575 ming 379 so‘m
✅Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 2 mln 883 ming 269 so‘m
✅Birinchi toifali o‘qituvchi – 3 mln 212 ming 840 so‘m
✅Oliy toifali o‘qituvchi – 3 mln 550 ming 411 so‘m
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda professional ta’limdagi pedagog va ustalar oyligini o‘rta maktab o‘qituvchilariga tenglashtirish va o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farqni 2 barobarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Manba:
Xalq ta’limi InfoJoylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:06