Test sinovlari o‘tkaziladigan joylar haqida ma’lumotlar 2022
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
Hududga kirish joylari;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
Sektor raqami;
Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
Joylarning google xaritadagi geolokasiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar ro‘yxati dtm.uz/page/test_2022 manzili orqali berib boriladi.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Test sinovlari qanday o’tishi haqidagi yo’riqnoma ushbu sahifada berilgan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:04