Yaxshi loyiha uchun talabalarga 100 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratiladi
📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga
qo‘yildi.
📌Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
✅Talabalar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
✅Respublika OTMda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limlari negizida keng tarmoqli “Karera markazlari” tashkil etiladi.
➡️2022 yil 1 sentabrdan boshlab:
➖talabalar tomonidan qo‘shimcha pullik ta’lim, konsalting va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun OTM bino va inshootlarining bo‘sh turgan hududlari “nol” qiymatda ijaraga beriladi;
➖talabalarning o‘qish davomida mehnat faoliyati olib borganligini hisoblash tartibi joriy etiladi;
➖Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari talabalar bilan har chorakda bir marotaba ochiq muloqotlar o‘tkazib boradi.
✅Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi besh yildagi, O‘zbekiston chempionatlari hamda kuboklarining oxirgi ikki yildagi g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan talabalarning trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi.
✅Oliy va professional ta’lim muassasalarining bir qator yo‘nalishlarida pullik konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni
regulation.gov.uz va
Edu.uz saytlari orqali qoldiring.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:02