«Qizil maktab»ga borib ishlagan o‘qituvchiga katta miqdorda oylik maosh to‘lanadimi?
«Qizil maktablar» — ta’lim sifati juda past bo‘lgan maktablar hisoblanadi. Agar o‘qituvchi mana shunday ro‘yxatga kiritilgan maktabga borib ishlasa ularning oylik maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Faqat ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga borib ishlash istagida bo‘lgan o‘qituvchi tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi, kamida bir yil pedagogik ish staj hamda amalda faoliyat yuritayotgan maktabi «Qizil maktablar» ro‘yxatida bo‘lmasligi kerak.
❕Boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarga quyidagicha miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
👉Bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
👉Boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.
Boshqa hududdan «Qizil maktablar»ga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (hozirgi kunda 600 ming so‘m) miqdorida har oylik pullik kompensatsiya to‘lab berilishi ham ta’minlanadi.
Agar pedagog xodim amalda ishlayotgan ish joyida direktor jamg‘armasi hisobidan ustama olayotgan bo‘lsa, bu ustamalar ta’lim sifati past bo‘lgan maktabda ish boshlagan taqdirda ham bir o‘quv yili davomida saqlanib qoladi.
Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi o‘quv yili uchun ham to‘lanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktabrdagi 646-son qarori.
Mavzuga doir:
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?Qanday o‘qituvchilar 5 mln so‘mlik ustama oladi?100 foizlik ustama olish huquqi qanday pedagoglarga beriladi?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:36