my.dtm.uz mobil ilovasi, dtm mobil dasturi – yuklab olish
📲 Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida saytning mobil ilovasi ishlab chiqildi.
✅ Mazkur mobil ilova orqali oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinayotgan yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.
🇺🇿 Mobil ilova “Android” operatsion tizimida ishlovchi telefonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undan 3 xil tilda — o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida foydalanish imkoniyati mavjud.
🔗 Mobil ilova “Google Play” paltformasiga joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=www.my_dtm.uz
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:47