Pedagog xodimlarni qanday ishlarga jalb qilish taqiqlanadi?
Pedagog xodimlarni quyidagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi:
👉Xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish;
👉Xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish;
👉Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarori.
❕Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:
👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima jarima solishga sabab bo‘ladi.
❕Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerakO‘qituvchilar tungi paytda ishlashga majbur emasO‘qituvchilarni videotasvirga olgan o‘quvchilarga ham chora ko‘rish kerakJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:47