120dan ziyod pedagoglar “Zamonaviy trener dasturi”da o`qimoqda
Prezident ta`lim muassasalari agentligi qoshida tashkil etilgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi pedagog kadrlar uchun «Zamonaviy trener dasturi» trening mashg`ulotlarini o`tkazmoqda.
Ushbu haftalik dasturlarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardan tashqari xalq ta`limi tizimidagi maktablar o`qituvchilari ham ishtirok etib, xorijiy va mahalliy mutaxassislardan saboq olishmoqda.
Treninglar davomida ishtirokchilar o`qituvchilik faoliyatidan farqli ravishta yoshi katta auditoriya bilan ishlash ko`nikmasi, fasilitatorlik mahorati, kichik guruhlarda dars o`tish mahorati, fedbek berish, o`qituvchilik va trenerlik tamoyillari,  ijobiy muhit yaratish ko`nikmalari bo`yicha dars oldilar. Ular 1 haftalik amaliy mashg`ulotlardan o`tib, mahoratlarini oshirishgach, o`z maktabiga borib, o`qituvchilarga trening o`tishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumot o`rnida, mazkur haftalikning o`ziga xos jihati shundan iboratki, avval bu kabi treninglar faqat ingliz tili o`qituvchilari uchun o`tkazilgan bo`lsa, bu gal barcha fan o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. Trening mashg`ulotlari 7-12-fevral kunlari bo`lib o`tadi.

Центр педагогического мастерства и международного оценивания, созданный при Агентстве Президента по образовательным учреждениям, проводит тренинг для учителей «Программа современного тренера».
Помимо Президента, в этих еженедельных программах принимают участие учителя творческих и специализированных школ, обучающиеся у зарубежных и местных специалистов, учителя общеобразовательных школ.
В ходе тренингов участники освоили навыки работы с пожилой аудиторией, фасилитации, преподавания в малых группах, обратной связи, принципов преподавания и коучинга, создания позитивной среды, в отличие от преподавательской деятельности. После 1 недели практического обучения и развития навыков они отправятся в свою школу и будут обучать учителей.
Для справки, особенность этой недели в том, что раньше такие тренинги проводились только для учителей английского языка, на этот раз для всех учителей естественных наук. Обучение пройдет 7-12 февраля.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:42