Ixtisoslashtirilgan maktablar. Imtihon 2022. Imtihon kunlari va joyi
✅Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimda yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari bo’lib o’tishini ma’lum qildi.
❗️ Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.
Imtihonlar 3 smenada — 08:00 13:00 va 18:00 da bo’lib o’tadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.
Talabgorlar tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:31