Bu yil Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
❓2022-2023 o‘quv yili OTMga kirish imtihonlarida Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Ya’ni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:14