Davlat xizmatchilari faoliyati qanday baholanishi kerak?
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da Davlat dasturida davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali va ochiq tizimni joriy etish belgilandi.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Davlat fuqarolik xizmatida samarali va ochiq baholash tizimi nima? Davlat xizmatchilari faoliyati qanday baholanishi kerak?
Umumiy mezonlar sifatida quyidagilarni nazarda tutish mumkin: davlat xizmatchilarining samarali va sifatli ishlashi uchun motivatsiya mavjudligi; davlat xizmatchilari tomonidan bajariladigan funksiyalarning jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligi; fuqarolar bilan davlat xizmatchilari oʻrtasida munosabatlarning ijobiyligi; davlat organlari faoliyatining shaffofligi.
Davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda asosiy urgʻu fuqarolar bilan ishlash tizimiga qaratiladi. Jumladan, mamlakatimizda bugungi kunda davlat xizmatchilar faoliyatini baholashda mahallalarda amalda qanday oʻzgarishiga qarab belgilash nazarda tutilmoqda. Bu esa davlat xizmatchilarini xalq bilan ishlashga undaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26-yanvar kuni barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilishda mazkur masalaga alohida urgʻu berdi. Barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi holatni oʻrganish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi.
Albatta, mazkur ishlash tizimini amaldagi qonunchilikda mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Natijada mazkur tartib huquqiy jihatdan tizimli koʻrinishga keladi.
Xorijiy mamlakatlarda ham davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari doirasiga qarab belgilash tizimi amal qiladi. Mazkur tizim “natija koʻrsatkichlari” (“outcome measures”) bilan bogʻliq boʻlib, fuqarolarga koʻrsatiladigan davlat xizmatining sifati va fuqarolar muammolarini oʻrganish holatlariga qarab mezonlar belgilanadi.
Misol uchun, Buyuk Britaniyada 2006-yil 6-iyunda Davlat xizmatining kodeksi qabul qilingan boʻlib, unga muvofiq davlat xizmatchilari faoliyatini baholashning asosiy mezoni xalq bilan muloqotda vijdonlilik, halollik va xolislikka amal qilish hisoblanadi.
Mamlakatimizda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash tartibi nazarda tutilgan. Jumladan, faoliyat samaradorligini baholash tizimi davlat organi va tashkilotining, ularning davlat fuqarolik xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash kompleks choralaridan iborat.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligini baholash predmeti boʻlib hisobot davri yakuni boʻyicha u tomonidan oʻrnatilgan individual asosiy samaradorlik koʻrsatkichiga erishish darajasi hisoblanadi. Hisobot davri davlat organi va tashkiloti tomonidan asosiy samaradorlik koʻrsatkichining xususiyatidan kelib chiqqan holda oʻrnatiladi. Asosiy samaradorlik koʻrsatkichini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda uning prognozli belgilari baholanuvchi xodim bilan birgalikda uning bevosita rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholash ularni individual asosiy samaradorlik koʻrsatkichiga erishish darajasi asosida bevosita rahbarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Asosiy samaradorlik individual koʻrsatkichining erishilgan darajasiga qarab, davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi baholardan biri qoʻyiladi: “namunali”, “aʼlo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “past darajada”, “qoniqarsiz”.
Davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyat samaradorligini baholash tizimini tatbiq qilish tartibi asosiy samaradorlik koʻrsatkichi asosida davlat fuqarolik xizmati masalalari boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Demak, davlat xizmatchilari faoliyatini baholashda xalq bilan muloqot qilish asosiy mezon vazifasini bajaradi. Davlat dasturi asosida mazkur masala amalda roʻyobga chiqsa, bu xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Dilmurod Ortiqov,
TDYUU maʼmuriy va moliya huquqi
kafedrasi katta oʻqituvchisi
Источник: Xs.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:43
Prezidentimizning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi nutqi Prezidentimizning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi nutqi
Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi
9-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi 9-sentabr DTM test natijalari e’lon qilindi
abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalari ma’lum qilindi abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalari ma’lum qilindi
Prezident maktablari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi Prezident maktablari bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi
Maktablarda "Geografiya" fani soati kamayib ketgani yuzasidan vazirlik munosabati Maktablarda "Geografiya" fani soati kamayib ketgani yuzasidan vazirlik munosabati
120dan ziyod pedagoglar “Zamonaviy trener dasturi”da o`qimoqda 120dan ziyod pedagoglar “Zamonaviy trener dasturi”da o`qimoqda
2022-yil To‘lov-kontrakt narxlari oshadimi - rasmiy izoh 2022-yil To‘lov-kontrakt narxlari oshadimi - rasmiy izoh
Matematika fanidan barcha sinflar uchun PISA testlar to’plami Matematika fanidan barcha sinflar uchun PISA testlar to’plami
2021 abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish dtm.uz 2021 abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish dtm.uz
Ish paytida baxtsiz hodisaga uchragan xodimga qancha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi? Ish paytida baxtsiz hodisaga uchragan xodimga qancha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi?
O‘zbekistonda rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan "Zo‘r!" loyihasi start oldi O‘zbekistonda rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan "Zo‘r!" loyihasi start oldi
So’nggi qo’ng’iroq uchun mp3 qo’shiqlar to’plami So’nggi qo’ng’iroq uchun mp3 qo’shiqlar to’plami
Sinf rahbari qanday mezonlarga asosan tayinlanadi? Sinf rahbari qanday mezonlarga asosan tayinlanadi?
Imtihonga kirayotgan abituriyent savollariga javoblar Imtihonga kirayotgan abituriyent savollariga javoblar
Bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati yoʻlga qoʻyiladi Bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati yoʻlga qoʻyiladi
Kitob o‘qishga odatlanishga 5 qadam Kitob o‘qishga odatlanishga 5 qadam
Donolik va nodonlik haqida maqollar to’plami Donolik va nodonlik haqida maqollar to’plami
Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan
Qabul 2021 to’lovni amalga oshirish. To’lov qilish haqida Qabul 2021 to’lovni amalga oshirish. To’lov qilish haqida