2022-2023 o'quv yili qancha abituriyent o'qishga qabul qilindi?
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Bu haqda DTM xabar bermoqda.
✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan
🔸 39 962 nafari — davlat granti;
🔸 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:
🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.
🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:
👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.
Joylangan vaqt: 2022-09-07 11:39:28