Qanday hollarda attestatsiyadan chetlashtirish mumkin?
🔔 Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktabrdagi «Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirish shart-sharoitlar yaratilishi va pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
612-sonli qaroriga ko‘ra,
📌1️⃣ Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan
NIZOMga 43¹⁰-bandi qo‘shildi.
🍌 Pedagog kadr quyidagi hollarda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlaridan chetlashtiriladi:
🪩 sinov o‘tkazilayotgan auditoriyada har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
🤔 sinov o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilsa;
✍️ savollarni ko‘chirib olishga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa;
🎙 sinov materiallarini boshqa talabgorlarga bersa, sinovni o‘tkazish jarayoniga halaqit qilsa;
❎ sinov jarayoniga boshqa talabgorning o‘rniga kirganligi aniqlansa;
🤔 sinovlar uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng sinov materiallarini topshirishfan bosh tortsa;
♾ sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Mavzuga doir:
Pedagog xodim attestatsiyada necha ball to’plashi kerak?
Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchiga dars beriladimi?
Kuzgi Attestatsiya savollari 2022 barcha fanlardan
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:09