— Onangni otangga C1siz ko‘rsatma
— Pulingdan bir puli qolsa ham C1 ol, umringdan bir kuni qolsa ham C1 ol
— Sertifikati bor senga gapiraman, sertifikatsiz sen eshit.
— O‘qituvchini urma so‘kma, sertifikatini yirt
Ta’til puli haqidagi ajoyib she’rni ushbu sahifada o’qing:
Ta’til puli (Ya’ni «Otpusknoy») haqida she’r— Diplomi bor birni yiqar
Sertifikati bor mingni
—Do‘st C1 ololmaganingda bilinadi
— Oltin olma C1 ol, C1 oltin emasmu?
Ustozlar haqida eng yaxshi she’rlar ushbu sahifada:
Ustoz haqida she’rlar— C1 bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Gar C1 yo‘q ersa, vayronadur koshona ham
— O‘qituvchini kelganda ko‘r, C1 nini yoyganda ko‘r
— B2 si yo‘q C1 borga kulibdi
— Aptisi bor shoh bo‘lgunga
IELTSi bor gado bo‘l
— C1 siz qiz erga yolchimas, taqsimotda darsga yolchimas
Maktab hayoti haqida sara latifalar ushbu sahifada:
Faqat o’quvchilar uchun sara yangi latifalar xa xa xa!— C1 bilan topganing, qandu asal totganing
— Sertifikati yo‘q arazlasa, oyligiga zarar
— Yigit kishiga 40ta sertifikat ham oz
— Sertifikati borning sertifikati yo‘q bilan nima ishi bor?
— Sertifikatni kopiyasi ham sertifikat
— Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham sertifikati bor gapirsin
— Sertifikating soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur.
— Yo sertifikating bo‘lsin, yo direktor fondidan ustamang
— C1 ni ko‘zlasang B2 olasan
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:59