II chorak bo‘yicha monitoring testlari qaysi sinflardan olinadi?
⚡️Ikkinchi chorak bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi quyidagi sinflardan olinadi.
5-10-11-sinflardan
5-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 30 talik: 1-blok (ona tili adabiyot, matematika, xorijiy til), 2-blok (ona tili adabiyot, botanika, rus tili), 3-blok (matematika, geografiya, xorijiy til), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
10- sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili), 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
11- sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili), 3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovi bajarish uchun 5-sinflarda monitoring o‘tkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa), 10-11-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.
Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.
Eslatma: Ushbu monitoring testlari dekabr oyida o‘tkaziladi.
Mavzuga doir:
Ta’lim sifati monitoringi nima va u qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinadi?
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash masalasiga doir mulohazalar
Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun testlar to’plami
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:45