Inspektor-psixologning asosiy vazifalari haqida
Maktabda Inspektor-psixologning lavozim vazifasi nimalardan iborat?
Savol: Maktablarda psixolog shtat birliklari qisqartirilib inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgandi. Ammo bizni maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog ayrim o‘quvchilarimiz maktabga kelmaganligi uchun pedagog xodimlarga chora ko‘rishini aytmoqda. Bu qonunan to‘g‘rimi? Ular o‘qituvchiga chora ko‘rishga haqlimi? Aslida inspektor-psixologning asosiy lavozim vazifasi qanday?
Javob: Ma’lumki, 2021 yil 1 iyulidan umumiy urta ta’lim muassasalarining 2 000 ta psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga 1 100 ta voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi kiritilgan. Inspektor-psixologlar pedagoglar bilan emas aksincha o‘quvchilar bilan shug‘illanishi kerak.
❕
Quyidagilar inspektor-psixologlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
👉darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;
👉umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;
👉muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;
👉o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha ta’lim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
👉o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;
👉umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:47