Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi alohida sinf xonalar tashkil etiladi
2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida «Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi» va «Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon»lar tashkil etiladi. Bu haqda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida institutda malaka oshirayotgan maktab direktorlari uchun seminar tashkil etilgan.
Seminarda «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi qaror mazmun mohiyati tushuntirilgan.
Shuningdek tadbirda, 2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan «Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi» va «Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon» eskiz loyihalari ham namoyish etilgan.
Mazkur loyihalarda maktab o‘quvchilarida yoshlikdan yo‘l harakati ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali turli noxush holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir:
O’quvchilar uchun maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladimi?Turli davlatlarning g’aroyib xilma-xil yo’l qoidalariMaktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g’oyalarJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:31