AKT bo’yicha o’quv kursi uchun ta’lim krediti olish mumkin
“Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 12.08.2022-y.)
qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2022-yil 1-oktabrdan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda ta’lim kreditlari:
Markaziy bankning asosiy stavkasida (15%);
BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.
2022-yil 1-noyabrdan IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) iste’mol kreditlari ajratiladi.
Bunda iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:21