Ijodiy-madaniy targ‘ibotchining asosiy vazifasi nima?
Maktabda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining lavozim vazifasi nimalardan iborat?
🔰O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan «Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi»ning
lavozim vazifalari
quyidagilardan iborat:
👉Ijodiy qobiliyatga ega bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash va saralash bilan shug‘ullanadi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan muntazam tanishib boradi, ularga ijodiy jihatdan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
👉Shuningdek, ijodiy to‘garaklar tashkil etadi va reja asosida mahorat saboqlarini olib boradi, yorqin iste’dodga ega bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan turli ijodiy tanlovlarga jalb qiladi, ularning ijodiy ishlarini adabiy nashrlarga tavsiya etadi.
👉Iste’dotli ijodkor o‘quvchilarni atoqli adiblar nomidagi ijod maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish orqali kelajakda ularning ijod maktablarida ta’lim olishlariga motivatsiya beradi.
👉O‘quvchilar o‘rtasida turli adabiy, ijodiy tanlovlar, festival va boshqa tadbirlar tashkil etadi, shuningdek ular o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutolaasini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi.
👉Taniqli yozuvchi va shoirlarni jalb qilish orqali umumta’lim maktablarida adabiy-badiiy kechalarni tashkil etadi. O‘zbek va jahon adabiyotining eng sara durdonalarini targ‘ib qilish orqali o‘quvchi-yoshlar ongida umuminsoniy va milliy qadariyatlarni shakllantirish, yosh avlodni ma’nan barkamol etib tarbiyalash bo‘yicha muntazam ravishda ish olib boradi.
👉Badiiy adabiyot, ijodiy jarayonlarga qiziqtirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi og‘ir bolalarning ma’naviy-ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:47