DTM 2022: Bu yil abituriyentlar uchun ID karta majburiymi? Biologik pasport o'tadimi?
❓Bu yil test topshirish uchun abituriyentlarda faqat ID karta bo‘lishi kerakmi?
✅ JAVOB: Yo‘q, biometrik pasport ham bo‘laveradi.
Xalq ta’limi vazirligining endigina 16 yoshga to‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarga ID karta olish kerakligi haqida tarqatgan ma’lumotidan so‘ng, ko‘pchilik buni noto‘g‘ri talqin qilibdi.
Ya’ni ayrimlar boshqa abituriyentlar ham ID karta olishi shart, biometrik yashil pasport bilan bu yil testga kirib bo‘lmas ekan, degan gaplarni tarqatishmoqda. Ammo bu gaplar mutlaqo noto‘g‘ri.
Testga kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi istalgan hujjatdan biri — yoki biometrik pasport, yoki ID karta bo‘lishi kerak. Biometrik pasporti borlar ID kartaga almashtirishi shart emas.
Shunchaki, 2022 yilda 16 yoshga to‘lgan maktab o‘quvchilari faqat ID karta olishlari mumkin, chunki hozir biometrik pasport berilmayapti. Shu sababli mana shunday noto‘g‘ri gap tarqalib ketgan bo‘lsa kerak.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:51