Professional dasturchi bo'lish uchun qancha vaqt kerak?
Dasturchi qaysidir dasturlash tili yordamida dasturlar yarata oladigan ijodkor hisoblanadi.
Professional dasturchi bo’lib yetishish o’z kasbining eng yuqori darajasiga chiqish, sohani mukammal egallash va kasbiga doir har qanday ishni osonlik bilan bajara olish demakdir. Tajribali va bilimli dasturchi bo’lib yetishish mashaqqatli vazifa bo’lishi bilan birga uzoq vaqt talab qiladigan tizimli o’rganish, mehnat va izlanish yo’lidir. Necha yilda professional darajadagi dasturchi bo’lib yetisha olish masalasi har bir kishining o’ziga bog’liq hisoblanadi.
Dasturlash deganda “Hello world”ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qo’yib, o’zini dasturchi hisoblash to’g’ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega bo’lishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni to’liq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi bo’lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak.
Fikrimga ko’ra, quyidagi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtira olgan kishini professional dasturchi, desak bo’ladi:
Dasturlash tilini mukammal darajada biladi;
Muammolarga kam kod bilan yechim topa oladi;
Eng zamonaviy dasturlash uslublaridan foydalanadi;
Dasturlash va til yangiliklari, trendlaridan xabardor;
O’z ustida har kuni ishlaydi va zamondan ortda qolmaydi;
Jamoa bo’lib ishlay oladi va boshqalarga yordami tegadi;
Faoliyati davomida bir necha o’nlab dasturlar yaratgan;
Bir vaqtning o’zida bir nechta muammo bilan ishlay oladi;
Sohasi doirasidagi boshqa dasturlash tillarini oson o’rganadi;
Har qanday masalani dasturlash orqali hal qila oladi.
Dasturchi hech qachon dasturlash yoki dasturlash tilini to’liq bilib olishi mumkin emas. Muammo va o’rganilishi kerak bo’lgan masala har doim topiladi. Shu sababli dasturchi doimiy izlanishda bo’lishga majbur. Dasturchining har bir kuni o’rganish bilan o’tadi.
Professional dasturchi bo’lib yetishish uchun yillar talab etiladi. Aynan necha yil talab etilishi, albatta, kishining o’ziga bog’liq. Dasturlash tili sintaksisini o’rganish, qaysidir tilda kod yozishni boshlash ikkinchi darajali ish. Eng muhimi – dasturchidek fikrlash. Dasturchidek muammoning eng optimal yechimini topa olish kishining qachon, yoki qanchalik tez professional dasturchi bo’lib yetisha olishini aniqlab beradi.
“Dasturchilikni 10 yilda o’rganing” nomli mashxur maqola bor. Uni turli tillarga tarjima qilishgan. Vaqti kelib men ham bu maqolani o’zbek tiliga tarjima qila olarman. Aynan shu maqolada mukammal va yetuk dasturchi bo’lib yetishish uchun 10 yil talab etilishi uqtirilgan. Albatta, mantiqiy fikrlashingiz qanchalik yaxshi yoki yomon rivojlanganligi, mantiqiy masalalarga qay darajada yondosha olishingizga qarab siz uchun bu yillar kamroq yoki ko’proq bo’lishi mumkin.
Aslida, dasturchilik doimiy izlanish va o’rganishdan iborat kasb. Shunday ekan, bu kasbga mehr qo’ydingizmi – uning necha yil talab qilishiga e’tibor bermasdan o’rganishni boshlang. Qancha ko’p ishlasangiz, tajribangiz shuncha yuqori darajaga ko’tariladi. Bilimingiz oshgani sari dastur yozish qobiliyatingiz oddiydan murakkabga qarab o’zgaradi.
Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo’lib yetishishingizni faqat o’zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko’proq tajriba yig’ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o’zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo’lib yetishasiz!
Стать профессиональным программистом означает достичь самого высокого уровня в своей профессии, освоить область и быть в состоянии легко выполнять любую работу по своей профессии. Стать опытным и знающим программистом — непростая задача, но это также трудоемкий и систематический способ обучения, работы и исследований. Сколько лет нужно, чтобы стать профессиональным программистом, зависит от каждого человека.
Кто такой профессиональный программист?
Когда мы говорим «программирование», мы не имеем в виду «Привет, мир». Неправильно думать о себе как о программисте, делающем очень простую вещь на языке. Чтобы быть программистом, человек должен уметь создать программу на любом языке программирования, которая может полностью автоматизировать хотя бы один совершенный процесс, иметь практические преимущества и работать безупречно.
На мой взгляд, профессиональным программистом является человек, способный сочетать в себе следующие черты:
Свободно владеет языком программирования;
Может решать проблемы с меньшим количеством кода;
Использует современные методы программирования;
В курсе новостей программирования и языка, трендов;
Работает над собой каждый день и не отстает от времени;
Может работать в команде и помогать другим;
За свою карьеру он создал десятки программ;
Может работать с несколькими проблемами одновременно;
Легко изучает другие языки программирования в этой области;
С помощью программирования можно решить любую проблему.
Программист никогда не сможет полностью овладеть программированием или языком программирования. Всегда есть проблема и вопрос, который нужно исследовать. Вот почему программисты должны быть постоянно начеку. Каждый день программиста посвящен обучению.
Сколько лет я могу учиться?
Чтобы стать профессиональным программистом, нужны годы. Сколько именно лет это займет, конечно, зависит от человека. Изучение синтаксиса языка программирования, начало написания кода на языке — задача второстепенная. Самое главное — думать как программист. Для программиста поиск наилучшего решения проблемы определяет, когда и как быстро человек сможет стать профессиональным программистом.
Есть популярная статья под названием «Изучите программирование за 10 лет». Он был переведен на различные языки. Со временем я смогу перевести эту статью на узбекский язык. В этой статье говорится, что требуется 10 лет, чтобы стать совершенным и зрелым программистом. Конечно, эти годы могут быть для вас более или менее одинаковыми, в зависимости от того, насколько хорошо или плохо у вас развито логическое мышление и насколько хорошо вы умеете подходить к логическим вопросам.
На самом деле программирование — это профессия, которая постоянно исследуется и изучается. Так что, если вы любите эту профессию – начинайте ее изучать, сколько бы лет это ни заняло.Чем больше вы работаете, тем выше будет ваш опыт. По мере роста ваших знаний ваша способность писать программы будет меняться от простого к сложному.
Вам решать, сколько лет вы хотите быть совершенным и зрелым программистом. Точную дату вам никто не скажет. Тебе решать. Усердно работайте, практикуйте логическое мышление, старайтесь набраться опыта. За короткое время вы станете идеальным программистом, которым хотите быть!
Источник: Азамат.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:53:15
Magistratura imtihon natijalari e’lon qilinmoqda (2020-2021) Magistratura imtihon natijalari e’lon qilinmoqda (2020-2021)
29-yanvar onlayn darslar jadvali barcha sinflar 2022-yil 29-yanvar onlayn darslar jadvali barcha sinflar 2022-yil
Yangi O‘zbekiston universitetida kimlar grantda o‘qishi mumkin? Yangi O‘zbekiston universitetida kimlar grantda o‘qishi mumkin?
Ingliz tili fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf Ingliz tili fanidan imtihon savollari 2022 9-11-sinf
Yangi pedagogik texnologiya metodlariga qisqacha ta’rif Yangi pedagogik texnologiya metodlariga qisqacha ta’rif
25-yanvar onlayn dars jadvali 2022-yil 25-yanvar onlayn dars jadvali 2022-yil
Maktablarda ingliz tilini o’qitishdagi 10 muammo Maktablarda ingliz tilini o’qitishdagi 10 muammo
Eshqobil Shukur hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari Eshqobil Shukur hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari
DTM rasmiy bayonoti DTM rasmiy bayonoti
Yozuv daftari 1-sinflar uchun electron darslik Yozuv daftari 1-sinflar uchun electron darslik
O'zbek tili attestatsiya savollari 2022-yil kuz fasli O'zbek tili attestatsiya savollari 2022-yil kuz fasli
Интересных вопросов, логичных вопросов с ответами. Логический набор Интересных вопросов, логичных вопросов с ответами. Логический набор
Fransua Rable. Fransua Rable haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Fransua Rable. Fransua Rable haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni qancha ariza tushgani ma’lum qilindi Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni qancha ariza tushgani ma’lum qilindi
Variativ o’quv rejani tashkil etish bo’yicha savollarga javoblar Variativ o’quv rejani tashkil etish bo’yicha savollarga javoblar
O'quvchilar o'rtasida Yosh kitobxon tanlovi o'tkazilmoqda O'quvchilar o'rtasida Yosh kitobxon tanlovi o'tkazilmoqda
Uchqun Nazarov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Uchqun Nazarov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Sirtqi ta’lim qabul kvotasi 2021 yuklab olish kvotalar Sirtqi ta’lim qabul kvotasi 2021 yuklab olish kvotalar
Mirpoʻlat Mirzo. Mirpoʻlat Mirzo haqida: hayoti, asarlari, faoliyati Mirpoʻlat Mirzo. Mirpoʻlat Mirzo haqida: hayoti, asarlari, faoliyati
Bolangizni kashf etish uchun undan so’rashingiz kerak bo’lgan savollar Bolangizni kashf etish uchun undan so’rashingiz kerak bo’lgan savollar