“Boyvachcha” o‘quvchilar yoki maktabda o‘qiydigan farzandingizga qancha pul berasiz?
So‘nggi vaqtlarda o‘g‘lim uyga turli xil shirinliklar olib keladigan bo‘lib qoldi, — deydi qo‘shnim. — Men unga kundalik xarajatlar uchun bergan pulga ortiqcha narsa olib bo‘lmaydi. So‘rasam, o‘rtog‘im olib beryapti, dedi. Ertasiga o‘rtog‘ini chaqirib, pulni qaerdan olayotganini so‘radim. Qo‘rqa-pisa; “Oyim beryaptilar”, dedi. O‘qituvchiga uchrashib, bolaning ota-onasi bilan gaplashishini so‘radim. Ma’lum bo‘lishicha, bola pulni uydan so‘roqsiz olarkan.
Farzandimiz dunyoga kelganidan boshlab to‘g‘ri tarbiya berishga harakat qilar ekanmiz, unga yaxshini-yomondan ajratish, birovning haqiga xiyonat qilmaslikdan to yolg‘on so‘zlamaslikkacha uqdiramiz. Agar nuridiydamizning ongini yorug‘lik bilan to‘ldira olsak, bu saboqlarga u umrining oxiriga qadar amal qilib yashaydi. Zero, ota-ona tarbiyasi bola uchun umri davomida birinchi va hal etuvchi  ibrat bo‘lib qoladi.
— Bola ko‘pgina tarbiya mezonlari qatori, pulga qanday munosabatda bo‘lishni ham avvalo ota-onadan o‘rganadi, — deydi psixologiya fanlari nomzodi dotsent Odina Otajonova. — U pulning nimaligi-yu, qanday ishlarga qodir ekanini tushungandan so‘ng qiziqishi ortadi. Kelajakda insonning pul bilan qanday muomalada bo‘lishi, bolaligidan olgan tushunchalarga  bog‘liq. Avvalo, uning mehnat orqasidan kelishi va uni qanday vaziyatlarda tejash kerakligini anglab yetishi zarur. Ba’zi ota-onalar pul orqali o‘z mehrini ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Aslida, unga pul hayotiy ehtiyoj ekanligini tushuntirish joiz.
Farzandimning darsdan chiqishini kutib, atrofni  kuzataman. O‘quvchilarning qo‘lidagi dasta-dasta pullarni ko‘rib, o‘ylanib qolaman. Nahotki, ularga ota-onalari shuncha pulni o‘ylamay berib qo‘ysa?
— O‘quvchilarga pul berish kerak, — deb fikrini davom ettiradi olima, — lekin uning miqdorini ota-ona har doim nazorat qilib borishi lozim. Oilalarning imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Ayrimlar ko‘proq pulni bolaning kundalik xarajatlariga bersa, ba’zilarining bunga qurbi yetmaydi. Shunda bolalar o‘rtasida tabaqalanish ro‘y beradi. Yana bir holat, pul bolaninig jismoniy va ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Masalan, bolaning cho‘ntagida ko‘proq puli bo‘lsa, uni har xil keraksiz ichimliklar va yeguliklarga sarflaydi. Dars paytida esa nimalar xarid qilishni rejalashtiradi. Qarabsizki, fikr-xayoli, tarbiyasi, ma’naviyati buziladi.
— Bola uydan nima uchun so‘roqsiz pul oladi?
— Agar ota-ona farzandiga keragidan ortiq pul bersa, bola bunga o‘rganib qoladi. Berilmasa, chora izlashga tushadi. Hatto o‘g‘rilikka qo‘l urishi mumkin. Chunki u katta xarajat qilib o‘rgangan. Endi qanday va qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham pul topishga harakat qiladi. Shunday vaziyatlarning oldini olish uchun, bolaning kundalik xarajatlarini o‘rganib chiqqan holda eng zarur summani berish kerak. Oilada yana bir jihatga e’tibor qilish shart: pulni zarurat tug‘ilganda bir kishi bergani ma’qul. Aytaylik shirinlik uchun onasidan, so‘ng otasidan olsa, keyinchalik bu unga odat bo‘lib qoladi. Va har gal imkoni topilishi bilan ikkalasidan ham pul undirish payiga tushadi. Ayniqsa, farzandiga otasidan yashirib pul beruvchi onalarni umuman yoqlamayman. Har qanday yashirin ishninig salbiy ta’sirini unutmaslik kerak. Shu o‘rinda taklif qilmoqchi edim, mana shunday mavzuda nafaqat oilada, balki maktablarda tarbiyaviy soatlar o‘tilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Mavzu yuzasidan Samarqand shahridagi 33-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning maktabga pul olib kelishini nazorat qilish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Maktab direktorining fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.
— Maktabimizda muntazam ravishda turli mavzularga doir tarbiyaviy soatlar olib boriladi, — deydi direktor Zulxumor Nuriddinova. — Yaqinda  3-sinfda o‘quvchilardan bor pullarini parta ustiga qo‘yishlarini so‘radik.  O‘quvchilar orasida yuz ming so‘mgacha olib kelganlar borligiga guvoh bo‘ldik. E’tibor qiling, 3-sinf bolasida yuz ming so‘m! Ulardan bu pullarni qaerdan olganini, kim berganini va nima maqsadlarda foydalanishlari to‘g‘risida savol-javoblar olib bordik. So‘ngra ota-onalar maktabga chaqirtirildi. Muammolar yuzaga chiqdi. Bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazish talab etilmoqda.
O‘tkazilgan tadbir yuzasidan ota-onalarning fikri bilan qiziqdik.
— Bu kabi tarbiyaviy soatlar o‘tkazilishidan xursand bo‘ldik, — deydi 4-sinf o‘quvchisining onasi Nodira Aminova. — O‘g‘limga  doimgidek  miqdorda pul bersam, ortiqchasini qaytarib, maktabda tekshirishadi deb qoldi. Bundan quvondim, albatta.
— Fikrimcha, uydan so‘roqsiz pul olish, uni behuda sarflash borasida tushuncha berish bolalarda javobgarlik hissini yanada kuchaytiradi, — deydi 3-sinf o‘quvchisining onasi Nafisa Nosirova.
Bunday tadbirlar boshqa maktablarda ham o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Nargiza BOBOMURODOVA.
Источник: Ужуррият.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:36
Ma'nosiz harakat - Kalamush poygasi haqida Ma'nosiz harakat - Kalamush poygasi haqida
2022-2023 2-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL 2022-2023 2-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL
Energiyani o'g'irlaydigan odatlar Energiyani o'g'irlaydigan odatlar
Bahorgi ta’til boshlanish vaqti. III chorak so’nggi o’qish kuni Bahorgi ta’til boshlanish vaqti. III chorak so’nggi o’qish kuni
Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun yangilik bor Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun yangilik bor
2022-2023 Matematika fanidan ish rejalar WORD EXCEL 1-11-sinf 2022-2023 Matematika fanidan ish rejalar WORD EXCEL 1-11-sinf
1-aprel tarixi va eng mashhur hazillari 1-aprel tarixi va eng mashhur hazillari
6-sinf ona tili fanidan to’liq audio darslikni yuklab oling 6-sinf ona tili fanidan to’liq audio darslikni yuklab oling
3-oktabr onlayn darslar jadvali 3-oktabr onlayn darslar jadvali
2021 yilda Xalq ta’limi sohasiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi 2021 yilda Xalq ta’limi sohasiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi
11-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali 11-aprel efirga uzatiladigan television darslar jadvali
Til haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar Til haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar
Buyuk fiqhshunos olimlar Buyuk fiqhshunos olimlar
O’z-o’zini rivojlantirishga oid kitoblarning asosiy g’oyalari O’z-o’zini rivojlantirishga oid kitoblarning asosiy g’oyalari
Metodbirlashma faoliyatini nimalar tashkil etadi? Metodbirlashma faoliyatini nimalar tashkil etadi?
Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o’quvchilar qabuli boshlanmoqda Ixtisoslashtirilgan maktablarga iqtidorli o’quvchilar qabuli boshlanmoqda
Maktablarda to‘garaklar faoliyati to‘liq tiklanmoqda Maktablarda to‘garaklar faoliyati to‘liq tiklanmoqda
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi? Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?
1-yanvarda budjet xodimlariga moddiy rag‘batlantirish va ustama puli to‘lash boshlanadi 1-yanvarda budjet xodimlariga moddiy rag‘batlantirish va ustama puli to‘lash boshlanadi
10-noyabr onlayn darslar jadvali 10-noyabr onlayn darslar jadvali