❗Maktablarda pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda pandemiya sharoitida ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yilini tashkil etishda amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqdi.
BMTning bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF) tavsiyalari asosida yaratilgan ushbu qaror loyihasida «COVID-19» pandemiyasi davrida xalq ta’limi tizimidagi muassasalar ma’muriyati, tibbiyot xodimlari, pedagoglar, texnik xodimlar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun alohida tavsiyalar aks etgan. Unga ko‘ra:
Maktab rahbarlariga:
maktablarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, jumladan, qo‘llarni muntazam ravishda yuvish jadvalini tuzish, qo‘l yuvish joylarini hozirlash hamda ularni sovun va suv, shuningdek, ichimlik suvi bilan ta’minlash;
maktab tasarrufidagi o‘quv va maishiy binolarga kirib-chiqishda dezinfeksiya vositalarini joylashtirish, sinfxonalar sharoitini o‘quvchilar orasida masofa saqlanishiga moslab qayta ko‘rib chiqish;
maktablarda “ertalabki filtrlar” va “izolyatsiya” xonalari tashkil etish va boshqa vazifalar;
🏫👩🏫 Pedagoglarga:
maktablarda gigiyena ko‘nikmalarini va sog‘lom turmush tarzi qoidalarini doimo targ‘ib qilish;
sinf xonalari, suv va sanitariya inshootlarini muntazam tozalash va dezinfeksiyalash, o‘quvchilarning doimiy ravishda qo‘llarni yuvib turishi, masofa saqlashi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
xonalarni shamollatish va dezinfeksiyalash kabi choralar hamma uchun foyda ekanligini o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga qaratilgan qisqa-qisqa suhbatlar orqali tushuntirish va boshqa vazifalar;
⚕👩⚕Tibbiyot xodimlariga:
“ertalabki filtrlar” ishlarini va kasallik aniqlanganda bemorni zudlik bilan izolyatsiyalashni tashkillashtirishda ko‘mak berish;
dezinfeksiya vositalarini tayyorlashda maktab xodimlariga ko‘rsatmalar berish;
ma’muriyat ko‘magi bilan o‘quvchilar va maktab xodimlarining tibbiy bilim va madaniyatini oshirishda ishtirok etish kabi vazifalar;
🧺🧹Texnik xodimlarga:
suv, sovun va yuvish vositalaridan foydalangan holda har kuni 3 marta nam tozalashni va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda kuniga 1 marta va haftada kamida bir marta umumiy tozalashni amalga oshirish;
dezinfeksiyalash vositalari va yuvish vositalarini hamda ularning ishchi eritmalarini o‘quvchilar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash va ularni infeksion xavfsizligiga javobgar bo‘lish va boshqa vazifalar;
👦 Ota-onalarga:
farzandlariga gigiyena qoidalarini o‘rgatish;
ta’lim muassasasi ma’muriyati va pedagoglari bilan ma’lumot almashish maqsadida doimiy muloqotda bo‘lib, maktab xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish va boshqa vazifalar yuklatitishi ko‘zda tutilmoqda.
✅ Qo‘shma qaror loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy veb-sayti — minzdrav.uz da batafsil tanishish mumkin.
💬 Loyiha yuzasidan fikr va mulohazalar Shtab@minzdrav.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

Министерство здравоохранения совместно с Министерством народного образования разработало проект постановления о мерах, которые необходимо принять при организации 2020-2021 учебного года в образовательных учреждениях в условиях пандемии.
На основе рекомендаций Детского фонда Организации Объединенных Наций (ЮНИСЕФ) в проекте постановления отражены специальные рекомендации для администрации учреждений народного образования, медицинских работников, учителей, техников, учащихся и их родителей в период пандемии «COVID-19». Согласно ему:
Руководителям школы:
соблюдение санитарных правил в школах, в том числе графиков регулярного мытья рук, подготовки рукомойников и снабжения водой с мылом, а также питьевой водой;
размещение дезинфицирующих средств на входе и выходе из учебных и жилых зданий школы, пересмотр условий в классах для соблюдения дистанции между учащимися;
создание «утренних фильтров» и «изоляторов» в школах и другие задачи;
🏫👩🏫 Для учителей:
регулярная пропаганда гигиенических навыков и здорового образа жизни в школах;
регулярная уборка и дезинфекция учебных помещений, объектов водоснабжения и санитарии, контроль за регулярным мытьем рук учащимися, дистанционным обслуживанием и личной гигиеной;
объяснять учащимся и их родителям, что такие меры, как проветривание и дезинфекция помещений, полезны для всех посредством коротких бесед и других заданий;
⚕👩⚕Для медицинского персонала:
Оказание помощи в организации «утренних фильтров» и немедленной изоляции больного на момент постановки диагноза;
инструктаж школьного персонала по приготовлению дезинфицирующих средств;
такие обязанности, как участие в развитии медицинских знаний и культуры учащихся и сотрудников школы при поддержке администрации;
🧺🧹Технический персонал:
влажная уборка 3 раза в день с использованием воды, мыла и моющих средств и генеральная уборка 1 раз в день и не реже одного раза в неделю с использованием дезинфицирующих средств, разрешенных Минздравом;
хранить дезинфицирующие и моющие средства и их рабочие растворы в недоступном для учащихся месте и нести ответственность за их инфекционную безопасность и другие обязанности;
👦 Для родителей:
обучение детей правилам гигиены;
находится в постоянном контакте с администрацией и педагогами образовательного учреждения с целью обмена информацией, оказания помощи в обеспечении безопасности учебного заведения и решения других задач.
✅ Проект совместного решения размещен на официальном сайте Минздрава — minzdrav.uz.
💬 Замечания и предложения по проекту принимаются на электронную почту Shtab@minzdrav.uz.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:48:05