Nevroz haqida. Nevroz kasallikmi, yoki og'ir xaraktermi?
Nevroz – albatta kasallik. Uning belgilari xulq-atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘lganligi bois, uni yomon xarakterning bir turi deb o‘ylashadi.
“Nevroz” atamasi 1776 yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif qilingan. Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nevrozda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi, xolos”.
Nevroz – asab tizimining funksional kasalligi bo‘lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz asab tizimining funksional buzilishi. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qat’i nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Lekin davolash jarayoni bir oy, ba’zida undan ham ko‘p davom etadi. Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.
Nevrozning yana bir nomi bor – bu nevrasteniya. Nevrasteniya asabning ortiqcha zo‘riqishidan kelib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrozga tez chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxonadagi kelishmovchiliklar, qo‘rquv va xavotirda yurish nevrozga sababchi bo‘ladi.
Yosh bolalarda nevrozning rivojlanishiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababchi bo‘ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas.
Nevroz nafaqat jahldor, balki o‘ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar ro‘y berganda hissiyotga izn bermaslikka, o‘zini boshqarib turishga harakat qiladi, birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, surunkali va og‘ir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.
Nevroz belgilari turli-tuman bo‘lib, ular ichida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati pasayishi kabi simptomlar ko‘p kuzatiladi.
Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog yoki nevropatolog davolaydi. Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan so‘ng samarali o‘tib ketadi. Davolash muddati va natijasi ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq.
Dastavval nevrozga olib keluvchi sabablar aniqlanadi va ular iloji boricha bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi. Ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash va ularni yo‘qotish ancha mushkul.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinoga borib turish tavsiya qilinadi.
Nevrozni davolash uchun juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni ko‘p qo‘llash kerak emas. Vrach tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tavsiya etiladi. Bemorni davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo‘lganligi bois ularni ishlab yurgan bemorga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi.
Bunday paytlarda nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan dorilardan foydalaniladi. Xuddi psixosomatik sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixoanaliz usuli nevroz belgilarini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbiya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foydalidir.
Zarifboy Ibodullayevning
“Asab va ruhiyat” kitobidan olindi.
Термин «невроз» был введен в 1776 году шотландским врачом Келленом. Абу Али ибн Сина, султан медицины, также изучал эту болезнь. В то время невроз определялся так: «Невроз не вызывает повышения температуры тела, не вызывает поражения органов, не травмирует тело, но у больного повреждаются нервы».
Невроз — нервное истощение?
Невроз — функциональное заболевание нервной системы, развивающееся в результате действия внешних и внутренних факторов, вызывающих психическую травму. Следовательно, невроз – это функциональное расстройство нервной системы. Невроз — полностью излечимое заболевание, независимо от того, длительны или непродолжительны его симптомы. Но лечение длится месяц, иногда дольше. Различают три типа неврозов: неврастения (буквально невроз), истерия и бессознательные мысли.
Неврастения — что за болезнь?
Есть и другое название невроза – неврастения. Неврастения вызвана сверхактивным нервом. Нервные люди склонны к неврозам. Психический и физический дисбаланс, постоянный эмоциональный стресс, потеря близкого человека, конфликты в семье и на работе, страх и тревога могут вызвать невроз.
Развитие неврозов у ​​детей раннего возраста обусловлено окружающей их средой, особенно конфликтами между родителями. Детские травмы не исключение.
Невроз может развиться не только у людей злых, но и у людей очень тревожных. Тревожные люди, в частности, пытаются контролировать свои эмоции, контролировать свои эмоции и избегать причинения вреда другим. Эти состояния часто приводят к нервному истощению. Дефицит витаминов, анемия, хронические и тяжелые заболевания также могут привести к неврозам.
Каковы симптомы невроза?
Симптомы невроза разнообразны, с частыми симптомами, такими как нервозность, раздражительность, нарушения сна, головные боли, головокружение, общая слабость, сердцебиение, вялость, снижение умственной и физической активности.
Кто лечит больного?
Лечение проводит медицинский психолог, нейропсихолог или невропатолог. Заболевание, связанное с неврологическими расстройствами, эффективно лечится после медикаментозного и психологического лечения. Продолжительность и исход лечения во многом зависят от его правильности.
Сначала выявляют причины невроза и максимально их устраняют. Когда основные причины устранены, большинству пациентов даже не нужно продолжать лечение. Они выздоравливают. Но в ряде случаев бывает сложнее выявить причину невроза и устранить ее.
Ознакомиться с семейным положением больного и условиями труда, дать ему отдохнуть и поработать,рекомендуется сократить рабочий день, соблюдать диету, ходить в театр и кино.
Существует множество препаратов для лечения неврозов. Но не используйте их слишком часто. Наиболее подходящее лекарство подбирает врач и рекомендует пациенту. Большинство препаратов, применяемых для лечения больного, обладают сильным седативным действием и не могут быть рекомендованы больному, который ими занимается. Чем ниже рекомендуемая доза, тем ниже эффект.
В этих случаях используются препараты с минимальными побочными эффектами. Точно так же психоанализ, который используется для лечения психосоматических синдромов, широко используется для лечения невротических симптомов. Также рекомендуется общий массаж, иглоукалывание, утренняя гимнастика и другие виды спорта. Также неплохо брать отпуск раз в год.
Зарифбоя Ибодуллаева
Взято из книги «Нервы и разум».
Источник: Zamin.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:52:24
Yoz chillasida jaziramadan himoyalanish usullari Yoz chillasida jaziramadan himoyalanish usullari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmasa ishdan olinadimi? O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmasa ishdan olinadimi?
Учебники для 8 класса. Электронные учебники. Скачать школьные учебники Учебники для 8 класса. Электронные учебники. Скачать школьные учебники
Sinf rahbari o‘quvchilarning uyiga borishga majburmi? Sinf rahbari o‘quvchilarning uyiga borishga majburmi?
Harorati oshgan abituriyentlarga qachon test o’tkazilishi ma’lum qilindi Harorati oshgan abituriyentlarga qachon test o’tkazilishi ma’lum qilindi
Geografiya fanidan imtihon biletlari 10-sinf Geografiya fanidan imtihon biletlari 10-sinf
O’quvchilar uchun Morfemika bo’yicha eng muhim qoidalar O’quvchilar uchun Morfemika bo’yicha eng muhim qoidalar
Qariganda ko’z xiralashmasligi uchun oddiy maslahatlar Qariganda ko’z xiralashmasligi uchun oddiy maslahatlar
Maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi yana oshiriladimi? Maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi yana oshiriladimi?
Davlat dasturi: taʼlim tizimida qanday yangi mexanizmlar joriy qilinadi? Davlat dasturi: taʼlim tizimida qanday yangi mexanizmlar joriy qilinadi?
Navoiy va Guli monologi Navoiy va Guli monologi
“Boyvachcha” o‘quvchilar yoki maktabda o‘qiydigan farzandingizga qancha pul berasiz? “Boyvachcha” o‘quvchilar yoki maktabda o‘qiydigan farzandingizga qancha pul berasiz?
7-11-sinf Kimyo ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 7-11-sinf Kimyo ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Maktabga kelmayotgan, onlayn darslarda ham ishtirok etmayotgan o'quvchilarga qanday chora ko'riladi? Maktabga kelmayotgan, onlayn darslarda ham ishtirok etmayotgan o'quvchilarga qanday chora ko'riladi?
Ma'nosiz harakat - Kalamush poygasi haqida Ma'nosiz harakat - Kalamush poygasi haqida
2-sinf ona tili fanidan yangi darslik asosida yillik dars ishlanma 2-sinf ona tili fanidan yangi darslik asosida yillik dars ishlanma
Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi
2022-2023 9-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL 2022-2023 9-sinflar uchun ish rejalar WORD EXCEL
Sputnik V vaksinasi ta’sir qilish vaqti. Qancha vaqt ta’sir qiladi? Sputnik V vaksinasi ta’sir qilish vaqti. Qancha vaqt ta’sir qiladi?