Xalq ta’limi: evrilish va yuksalish yo‘li
Mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylandi. Inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish, maktab infratuzilmasini takomillashtirish, o‘qituvchilik kasbining mavqeini va ta’lim sifatini oshirish, farzandlarimizni har jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli, ertangi kunimiz suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan insonlar sifatida kamol toptirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Buning ifodasini sohada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, rivojlangan davlatlar tajribasi keng qo‘llanayotgani, ta’lim-tarbiya jarayoni innovatsion yondashuvlar asosida olib borilayotgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalaridan oqilona foydalanilayotgani, xalqaro miqyosda ham ta’lim va tajriba almashuv jarayoni izchil rivojlanib borayotgani kabi istiqbolli odimlarda yaqqol ko‘rish mumkin. Xalq ta’limi vaziri Sherzod ShЕRMATOV bilan suhbatimiz tizimda olib borilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar xususida bo‘ldi.
— Yurt iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishi ham mehnat bozoridagi kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Bunday kadrlar esa, eng avvalo, maktabda shakllanadi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ta’lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan jamiyatni barpo etadi. Suhbatimizni bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, jamiyatda o‘qituvchining mavqei va obro‘sini oshirishga qaratilayotgan e’tibor xususidagi mulohazalar bilan boshlasak.
— Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan ayni paytda inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qaror va farmonlari e’lon qilindi.
Respublikamizning barcha hududida Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilib, ularga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, barcha hududda zamonaviy o‘quv maskanlari barpo etilmoqda.
Yangi maktablar qurilishi uchun tarixda kuzatilmagan miqdorda mablag‘ ajratilmoqda. Birgina 2021 yilning o‘zida qariyb 876 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, 520 ta maktabda Investitsiya dasturi, 340 ta maktabda “Obod qishloq” dasturi asosida, 9 ta maktab homiylar, 17 tasi mahalliy budjet mablag‘i hisobidan ta’mirlandi.
Bundan tashqari, joriy yilda 6177 ta maktabda ta’mirlash ishlari bajarildi. Eng quvonarlisi, 42 ta maktab mutlaqo yangidan qurilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratildi.
Jamiyatda muallimning mavqeini, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratilayotir. Jumladan, so‘nggi yillarda pedagoglar oylik maoshining 1,5 barobar oshirilgani buning dalilidir.
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchiga hurmat-ehtirom jamiyatni o‘zgartirishdan boshlanadi. Shu bois, aynan xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni boshlashda qo‘yilgan eng katta vazifa ham jamiyatda ustozning nufuzini oshirish bo‘ldi. Avvallari o‘qituvchi deganda ko‘z oldimizga dalada paxta terayotgan yoki obodonlashtirish bilan shug‘ullanayotgan insonlar kelardi. Hatto shunaqa holatlar bo‘ldiki, maktab o‘qituvchisi mahalliy o‘g‘it tashish yoki bitmay qolgan namunaviy uylar atrofini tozalashgacha jalb qilindi.
Xizmat safari bilan qaysidir viloyatga borganimda qiziq bir voqeani aytib berishgandi. Katta bir rahbar kelishi oldidan binolar, ko‘chalar ozodaligiga maktab o‘qituvchilari mas’ul qilib tayinlangan. Bir o‘qituvchi yo‘l chetidagi do‘kon oynasini artarkan, o‘sha do‘kon egasining o‘g‘li — shu o‘qituvchining qo‘lida o‘qiydigan bola “Mana bu yerni tozalab arting, yaxshi artmabsiz”, deya kalaka qilgan. Ustozning qadri shu darajada yerga urilgan.
O‘qituvchi faqat maosh olish uchungina bu kasbni tanlamaydi. Bolalarga mehr qo‘ygan, sohaga fidoyi, o‘zining ishini yaxshi ko‘rgan insongina o‘qituvchi bo‘la oladi.
Ko‘pgina fidoyi o‘qituvchilar eng qiyin paytlarda maktabni tark etmaganining boisi ham shunda. Mayli, paxta tersin, ko‘cha supursin, ammo o‘qituvchilikni sharaf deb bilgan, kasbining mashaqqati ortidan rohatlangan ustozlarni har birimiz hayotda uchratganmiz.
— Ta’lim sohasidagi islohotlarning samarasi bugun nimalarda ko‘rinyapti? Xususan, pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sanab o‘tish barobarida ularning qanchalik samara berayotgani haqidagi mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Islohotlar o‘qituvchilarni maktabga qaytarish, ularni ta’limdan boshqa, xizmat vazifasiga kirmaydigan barcha ishlardan, ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod qilishdan boshlandi. Buning natijasida o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va bolalarga qo‘shimcha dars berishiga imkoniyat yaratildi. Maktabning samarasi bitiruvchilarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi bilan o‘lchanadi. Buning birinchi katta mezoni o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi bo‘lsa, keyingisi muayyan sohada faoliyat yuritayotgani yoki biznes bilan mashg‘ulligidir.
Solishtiradigan bo‘lsak, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘tgan yilga nisbatan 14 ming nafar kam o‘quvchi hujjat topshirgan. Lekin grantga kirganlar soni ikki baravar oshgan. Ya’ni institutga hujjat topshirgan bitiruvchilarimiz soni kamaygan bo‘lsa-da, ular orasidan grant asosida o‘qishga qabul qilinganlar soni ikki baravarni tashkil etmoqda. Umumiy grant kvotasining 75 foizini maktab bitiruvchilari egallab turibdi. Bu albatta, o‘quvchilarning avvalgi yillarga nisbatan yaxshiroq tayyorlangani natijasidir.
Bunday natijaga o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi, albatta. Bunda maktab ta’limi sifatini oshirish nechog‘li ahamiyatga ega ekanini izohlash shart emas. Ammo ta’lim sifati past bo‘lgan eng yomon maktablarni yaxshilash og‘riqli nuqtalarimizdan biri.
2019 yilda 2126 ta ana shunday maktabning birorta o‘quvchisi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan. Ana shu maktablar manzilma-manzil o‘rganildi. 10 mingta maktabni o‘rganishga imkoniyatimiz yo‘q, albatta. Lekin 2126 ta maktabni o‘rganish asnosida maktab rahbariyatining lavozimga qay darajada loyiqligi, salohiyati o‘rganib chiqildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2020 yilda shunday maktablar uch baravar kamaydi. Joriy yilga kelib esa bu ko‘rsatkich yana to‘rt baravar kamaydi. 2019 yil bilan solishtirib ko‘rilganda, eng yomon ko‘rsatkichli maktab 12 baravarga kamayganining guvohi bo‘lish mumkin.
Yillar davomida birorta oliy ma’lumotli mutaxassis chiqmagan 2000 dan ortiq maktab va mahalladan bugungi kunda bo‘lg‘usi shifokor, jurnalist, muhandis, o‘qituvchilar chiqishni boshlagani quvonarli. Bu bilan nafaqat maktab bolalarining kelajakdagi hayoti sifati oshmoqda, balki o‘sha hudud, mahallalarda kambag‘allikning oldini olishga zamin yaratilayotir.
Mamnuniyat bilan aytishim mumkin, biz hamma maktablarda qaysidir darajada ta’lim sifatini ko‘tarishga erisha boshladik. Ikki yilda eng yomon maktablarning 12 baravar kamaygani fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bunga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Har bir maktabga manzilli yondashish o‘z natijasini berdi. 98 ta oliy ta’lim muassasasi 634 ta maktabni otaliqqa olib, unga yordam berdi. Buning natijasida deyarli 90 foiz otaliqqa olingan maktablarda ijobiy tomonga o‘zgarish kuzatildi.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashiga imkoniyat yaratildi. Yillar davomida oliy toifali o‘qituvchilar 4 foizni tashkil etib kelgan bo‘lsa, bir yilning o‘zida 6 foizga chiqdi. Ya’ni 10 mingga yaqin o‘qituvchilarga qo‘shimcha oliy toifa berildi. Birinchi toifali o‘qituvchilar soni ham 13 foizdan 17 foizgacha, ya’ni 4 foiz oshdi. Bu degani bir yilda 30 mingdan ortiq o‘qituvchining toifasi ko‘tarilmoqda. Ana shu 30 ming nafardan ortiq o‘qituvchining har biri o‘rtacha 30 nafargacha bolaga sifatli dars bera boshlaganining o‘zi samara ko‘rsatkichlaridan biridir.
Bunday o‘zgarishlarni mamlakatimizning hamma viloyatida ko‘rish mumkin. Ta’lim sifati past, attestatsiyadan o‘tolmagan, olis hududdagi 1409 ta ta’lim sifati eng og‘ir maktablarga salohiyatli mutaxassislarni jalb qildik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, boshqa viloyatdan borib shunday maktablarda ishlaganlarga 100 foiz, boshqa tumandan borib faoliyat yuritganga 50 foiz ustama to‘lanadigan bo‘ldi.
Ta’lim sifati eng past maktabga manzilli e’tibor qaratilishi o‘z natijasini berdi.
— Darsliklar o‘qituvchilar uchun ma’lum bir mavzuni o‘qitish, o‘quvchilar uchun bilim olish manbai hisoblanadi. Shu ma’noda, fanlar darsliklari mazmun-mohiyatida, shuningdek, ularning tayyorlanishida matbaachilik nuqtai nazaridan qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
— O‘tgan yillar mobaynida xalq ta’limi tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan biri — maktab ta’limini qamrab oluvchi va mazmunini yaqqol ifodalaydigan yaxlit dastur ishlab chiqilmagan. Vaholanki, o‘quvchi maktabni bitirguniga qadar egallaydigan ko‘nikmasi, bilimi bilan birga, o‘qituvchilarga o‘quvchilarning o‘zlashtirishini kuzatishi va yordamlashishi uchun me’yorlar jamlangan yagona ta’lim dasturining samaradorligi qator mamlakatlar tajribasida o‘zini oqlagan.
Shuni hisobga olib, darsliklardan oldin milliy o‘quv dasturi yaratildi. Nimani o‘qitamiz, degan masala qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur hujjat zamonaviy o‘quvchi egallashi kerak bo‘lgan to‘rt muhim jihatning rivojlanishini ta’minlaydi. Bular — tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashish, hamkorlik o‘rnatish va muloqot qilish ko‘nikmalari. Milliy o‘quv dasturida maktab bitiruvchisiga talablar, o‘quv yuklamalari, o‘qitish metodikasi va baholash tizimi belgilab beriladi.
Oddiy bir misol: yaponiyalik mutaxassislar bilan matematika fanini tahlil qilganimizda mavzular juda og‘ir, o‘rganish qiyin qilib tayyorlanganini ko‘rdik. 10-11-sinfga borib 5 foiz bola matematikani yaxshi bilishi, qolgan 95 foiz o‘quvchi esa bu fandan bezishi mumkin edi. Shu bois, oson tushuniladigan, qiziqarliroq, ertaga o‘quvchi qaysi sohada faoliyat olib bormasin, matematikani yaxshi bilishiga zamin yaratadigan yangi dastur ishlab chiqildi. Albatta, matematikani kuchli o‘qiydigan 5 foiz o‘quvchi uchun ixtisoslashtirilgan, qo‘shimcha o‘qitiladigan maktablarda tahsil olish imkoniyati yaratildi. Shu tariqa umumiy maktab bitiruvchilari ham matematikani qiziqib o‘qiy boshlashiga erishdik.
Bu yil 1-2-sinfning kitoblari yangi dastur asosida chiqyapti. Avvalgi darslikdan nimasi bilan farq qiladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Masalan, 1-sinf matematika darsligi bolani tahliliy-tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan. Matematika faqat raqamlar, hisob-kitob, formuladan iborat emas, bolani mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, ajratish, o‘xshashlarini belgilab olish, dunyoqarashini o‘stirishga mo‘ljallangan darslik bo‘lishiga e’tibor berildi.
Keyingi farqi — oldin o‘qituvchining kitobi bo‘lmagan. Faqat bitta darslik bo‘lgan. Hozir darslikdan tashqari o‘qituvchining kitobi va mashq daftari, multimedia ilovasi, umuman, har bir fan bo‘yicha to‘rtta material ishlab chiqildi. Bu majmua Kembrij sistemasi bo‘yicha yaratildi. O‘qituvchiga tayyor o‘quv qo‘llanma berilayotir. Avvallari o‘qituvchiga konspekt yozasan, deyilgan. U konspekt yozishi uchun qo‘lida na bir qo‘shimcha adabiyot, na internet bo‘lgan.
O‘zini hurmat qilgan har qanday o‘qituvchi darsga kirishdan oldin tayyorgarlik ko‘radi. Bugun uning qo‘liga tayyor o‘qituvchi kitobi, internet, metodik qo‘llanma beryapmiz. Sifatli, yorqin ranglardagi darsliklar o‘quvchilar uchun ham xuddi shu tartibda tayyorlanyapti. Bu katta ahamiyatga ega. 2026 yilgacha milliy o‘quv dasturi joriy qilinishi ko‘zda tutilgan. Bunday darsliklar yana yuqori sinflar uchun ham yaratiladi.
10 million AQSH dollaridan iborat xorijiy grant hisobiga Kembrij universiteti nashriyotida hamma sinflarga mo‘ljallangan ikkita fan bo‘yicha alohida darslik tayyorladik. Ingliz tili va axborot texnologiyalari kelgusi yildan boshlab to‘liq xalqaro darajadagi kitoblar asosida o‘tiladi.
Yurtimizda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 30–50 foizni tashkil etadi. Shu bois, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, aniq fanlarda amaliy mashg‘ulotlar ko‘lamini oshirish yuzasidan ish olib borilmoqda.
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot —  yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur ma’noli fikri barcha ishlarimizda dasturulamaldir. Eng oliy maqsadimiz ham farzandlarimiz tarbiyasida komilikka erishish. Shu maqsadda hamma sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” kitoblarini chiqardik. Bu kitoblarda nafaqat yaxshi tarbiya haqida so‘z boradi, balki baxt va muvaffaqiyat sirlari ham o‘rgatiladi. Baxt va muvaffaqiyatga erishgan insonlar tajribasi orqali o‘quvchi ruhlantiriladi. Tarbiya fanidan dars berayotgan o‘qituvchi o‘zi ham shu narsani tushunishi kerak.
— Chet tillarni o‘rganish har qanday mutaxassisni tayyorlashda, uning keyingi faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Umumta’lim maktablarida bu borada qanday o‘zgarishlar, yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda? Amaliyotga yo‘naltirilayotgan yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari nimalardan iborat?
— Chet tillarning har birini to‘liq qayta ko‘rib chiqyapmiz. Xalqaro darajada ingliz tilini o‘rgatadigan to‘laqonli kitoblar keltirilyapti. Ingliz tilida xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarni ko‘paytiryapmiz. IELTS va TOEFL — bu ingliz tilini bilish darajasini ko‘rsatadigan sertifikat bo‘lsa, TESOL ingliz tilida dars berish imkoniyatini bildiradi. Ya’ni o‘qituvchi ingliz tilini bilishi, ammo yaxshi dars berolmasligi mumkin. Shu kunga qadar o‘qituvchilarimizning 400 nafari TESOL sertifikatini olishga muvaffaq bo‘ldi. Kelgusi 3 yil davomida yana 15 ming o‘qituvchini qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan. Bu AQSH bilan qilingan English Speaking Nation loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu sertifikatni olgan o‘qituvchilarning maoshi oshirildi. Masalan, CEFR bo‘yicha 15–30 foizlik ustama olsa, TESOL yoki S1 daraja sertifikatiga ega bo‘lganidan so‘ng uning ustiga yana 50 foiz ustama qo‘shiladi. Oddiy o‘qituvchi 30 foiz ustama olsa, yana 50 foiz ustama olishini tasavvur qiling. Endi shu o‘qituvchi agar ta’lim sifati past bo‘lgan boshqa hududga borsa, yana qo‘shimcha 100 foiz ustama oladi. Nurobod tumanining Arg‘on qishlog‘idagi 54-maktabda dars berishga qaror qilgan o‘qituvchilar oilasi — Farrux Murodov hamda turmush o‘rtog‘i Nargiza Quvonova oyiga 20 milliondan ortiq daromad topyapti. Bu davlat tomonidan berilayotgan pul. Bundan tashqari, repetitor sifatida dars berish orqali qo‘shimcha daromad topish mumkin.
Bu islohotlar o‘z samarasini beryapti. Oxirgi uch yilda maktab bitiruvchilari ichida xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar 10 baravar oshdi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali bu yildan boshlab 100 nafar bitiruvchilar chet elning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich yil sayin oshib boradi.
Xuddi shuningdek, rus tilini ham xorijiy til sifatida o‘qitish uchun alohida loyiha ishlab chiqilgan. “Klass!”, ya’ni “Zo‘r!” degan loyiha doirasida yangicha metodika asosida kitob chiqarilyapti. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va sertifikat berish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Maxsus test bo‘yicha imtihon topshirish o‘qituvchilarimizning rus tilini bilish darajasi oshishiga ko‘mak beryapti.
Ayni paytda malaka oshirish markazlarida AQSH va Rossiyadan jalb qilingan o‘qituvchilar faoliyat olib boryapti. Maqsad — chekka hududdagi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish.
Boshqa chet tillarni ham chuqur o‘rgatishga e’tibor qaratyapmiz. O‘tgan haftada turli xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchilari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi. Ular bilan boshqa chet tillarini xuddi ingliz va rus tilini o‘rgatishda amalga oshirilayotgandek kompleks dasturlar tayyorlayapmiz.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar oldiga ta’limni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan. Bu jarayonda ko‘p omillar hudud rahbarlari, ya’ni hokimlarga bog‘liq. Har bir shahar, tuman hokimlari chet tili o‘qituvchilariga e’tibor qaratish, chet tilini o‘rganish muhitini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. Qaysi viloyat yoki tuman hokimi xalq ta’limi mutasaddilarini tushunib, ularga ko‘mak berayotgan bo‘lsa, o‘sha tumanda ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Eng zo‘r tuman, shahardagi ikkitadan ingliz tili va b oshqa chet tili o‘qituvchilarini mahalliy budjet hisobidan xorijga stajirovkaga jo‘natish mumkin. Bu ishlar nima uchun amalga oshirilyapti? Tahlil qiladigan bo‘lsak, dunyoda aholisi chet tilini yaxshi biladigan davlatlar iqtisodiyot, investitsiya masalalarida yetakchi ekanini ko‘rish mumkin.
— Shu o‘rinda PISA (The Programme for International Student Assessment) haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz. Ushbu dasturlar asosida pedagoglar uchun qanday yangi loyihalar ko‘zda tutilgan?
— 2022 yilda PISA imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Biz unda ilk bor ishtirok etamiz. PISA — bu xalqaro ta’lim sifatini o‘lchaydigan test. Albatta, yuqori natijaga erishish oson emas. Agar natija ko‘ngildagidek bo‘lmasa ham xafa bo‘lish kerak emas. Yaxshilab tayyorlanish zarur. Ilk bor bunday sinovda qatnashish uchun siyosiy iroda ifoda etildi. Shuning uchun STesting degan lo yiha tashkil etib, o‘quvchi va o‘qituvchilarni onlayn dastur orqali PISA sinovlariga tayyorlab boryapmiz. PISA bolani egallagan bilimidan kelib chiqib, hayotiy muammoni yechishga o‘rgatadi. Ya’ni qaysi yozuvchi qaysi yil tug‘ilgan degan narsani eslab qoladigan test emas, haqiqatda hayotiy, amaliy muammolarni yechadigan testlarni tuzish payti keldi. Bu borada ham ma’lum bir ishlar qilinmoqda.
O‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida Kembrij, YUNЕSKO bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqilgan. Maqsad — butun umr davomida uzluksiz kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish. Avvallari pedagog o‘zi faoliyat olib borayotgan maktabdan uzilib, viloyat markazida malaka oshirgan. Bu ortiqcha ovoragarchilikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda www. onlinedu.uz uzluksiz kasbiy ta’lim platformasi orqali muallim o‘zining vaqti va imkoniyatiga qarab malaka oshirishi mumkin. Ana shu maqsadda maktablarda optik tolali internet o‘rnatilmoqda. Pedagog onlayn tarzda malakasini oshirishi, yangiliklardan xabardor bo‘lishiga sharoit yaratilmoqda. Maktabl arni axborot texnologiyalari bilan jihozlash davom etyapti.
— Sohada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan ishlar, rejalar haqida bilishni istardik.
— Bolalar yaxshi o‘qishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash — eng ustuvor vazifamiz. Buning uchun iloji boricha ko‘proq yangi maktab, yangi o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak. Bu borada juda katta rejalar qilinyapti. Ayni paytda moliyaviy manbalarni aniqlash, moddiy texnik bazani mustahkamlash yuzasidan ish olib boryapmiz. Saroy qurib qo‘ysangiz ham o‘qituvchining saviyasi, bilimi yetarli bo‘lmasa, foydasi yo‘q. Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy malakasini oshirish, ishlashi uchun sharoit yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi. Oliy, birinchi toifali, xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilarning maoshi va darajasi oshib boradi.
Faqat darslik bilan chegaralanib qolmay qo‘shimcha kitoblar olib kelishimiz kerak. Zero, maktabga eng keraklisi — bu adabiyot. Darsdan tashqari madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport, axborot texnologiyalariga qiziqtirish ustuvor vazifalarimizdan. Umuman olganda, qiladigan ishlarimiz ko‘p. Juda katta yo‘nalish bor. Respublika bo‘yicha ta’lim sifatini bir xil darajada ko‘tarish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni saralab, ixtisoslashgan, Prezident maktablariga o‘tkazish, xalqaro olimpiadalarga qatnashishlarini ta’minlash. Avvallari olimpiadada g‘olib bo‘lgan bola faqatgina maqtov yorlig‘i bilan taqdirlangan bo‘lsa, ayni paytda xalqaro olimpiada g‘olibi 122 million so‘m bilan taqdirlanyapti. Uni olimpiadaga tayyorlagan ustoziga ham deyarli shuncha pul beriladi. Bu tarixda bo‘lmagan.
Mahalliy hokimiyatlar bilan birga o‘quvchilarni qaysidir kasb yoki biznesga yo‘naltirish borasida zimmamizda katta vazifalar turibdi. Ularga axborot texnologiyalari sohasida yetarli bilim berish va shu orqali daromad topishga o‘rgatishimiz zarur. Ayni paytda “Bir million das turchi” loyihasi doirasida ko‘p o‘quvchilar IT yo‘nalishidagi bilimlarni egalladi. Endi ular asta-sekin daromad topishga harakat qiladi. Maqsadimiz ham bolalarimiz kelgusida oilasining bag‘rida, internet orqali yaxshi daromad topib yashasin. Maktablardagi internet, kompyuter, zamonaviy darsliklar bunda muhim omil bo‘ladi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha ustoz-murabbiylarni 1 oktabr — O‘qituvchi va  murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin dildan tabrik laymiz. Ularning ishlariga  muvaffaqiyat tilaymiz.
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri
Risolat MADIYEVA suhbatlashdi.
«Стабильность экономики страны и ее способность конкурировать с развитыми странами во всех сферах также зависит от потенциала рынка труда». Такие кадры формируются, прежде всего, в школе. Хорошо организованная система образования формирует качественный персонал, а качественный персонал создает развитое общество. Начнем наш разговор с изменений, происходящих сегодня в системе образования, направленности на повышение статуса и престижа педагога в обществе.
— В период, когда наша страна вступила в новый этап развития, инвестирование в человеческий капитал, реформирование образования стало одним из приоритетов. Большое внимание уделялось коренной реформе национальной системы образования, основанной на идее о том, что «новый Узбекистан начинается со школы». В связи с этим издан ряд постановлений и указов Президента Республики Узбекистан.
Во всех регионах страны созданы президентские школы, творческие и специализированные учебные заведения, привлекающие наиболее квалифицированных специалистов. Укрепляется материально-техническая база действующих школ, во всех районах строятся современные учебные заведения.
На строительство новых школ выделяется беспрецедентная сумма денег. Только в 2021 году было отстроено около 876 школ. В частности, по Инвестиционной программе отремонтировано 520 школ, по Программе «Жизнеобеспечение села» – 340 школ, по линии спонсоров – 9 школ, за счет средств местного бюджета – 17 школ.
Кроме того, в этом году отремонтировано 6177 школ. Счастливее всего то, что 42 школы были полностью перестроены и модернизированы. Созданы все условия для получения студентами качественного образования.
Большое внимание уделяется повышению статуса учителей в обществе и престижа профессии учителя. Об этом свидетельствует тот факт, что за последние годы заработная плата учителей увеличилась в 1,5 раза.Важно отметить, что уважение к учителю начинается с изменения общества. Поэтому самой большой задачей при инициировании реформ в области народного образования было повышение престижа педагогов в обществе. В прошлом, когда мы думаем об учителе, мы думаем о людях, собирающих хлопок в поле или занимающихся озеленением. Были даже случаи, когда школьный учитель занимался транспортировкой местных удобрений или уборкой недостроенных моделей домов.
Когда я ездил в командировку в какую-то провинцию, мне рассказали интересную историю. Перед приездом старшего руководителя для уборки зданий и улиц были назначены школьные учителя. Пока учитель протирал витрину на обочине дороги, сын владельца, ученик того же учителя, сказал: «Вот, убери это место, у тебя плохо получается». Ценность Мастера обоснована до такой степени.
Учитель не выбирает профессию только для того, чтобы получать деньги. Учителем может быть только человек, любящий детей, преданный своему делу и любящий свое дело.
Вот почему так много преданных своему делу учителей не бросают школу даже в самые трудные времена. Сколько бы мы ни собирали хлопок или подметали улицы, мы все встречали учителей, которые считали преподавание честью и наслаждались трудностями своей профессии.
— Каковы сегодня результаты реформы образования? В частности, если перечислить проделанную работу по выплате заработной платы, материального поощрения, социальной защиты работников образования, а также поделиться мнением о том, насколько они эффективны.
«Реформы начались с возвращения учителей в школу, освобождения их от всякой внеучебной деятельности, от бюрократизма», — сказал он. В результате педагог имеет возможность работать над собой и учить детей дополнительным урокам. Успех школы измеряется успехами ее выпускников. Первый основной критерий — количество студентов, поступающих в высшие учебные заведения, а второй — работают ли они в определенной сфере или бизнесе.
Для сравнения, в этом году в высшие учебные заведения подали на 14 000 заявлений меньше студентов, чем в прошлом году. Но количество получателей грантов удвоилось. Другими словами, количество наших выпускников, поступивших в институт, уменьшилось, а количество поступивших на грантовой основе увеличилось вдвое. 75% от общей грантовой квоты занимают выпускники школ. Это, конечно, связано с тем, что студенты лучше подготовлены, чем в предыдущие годы.
Это, конечно, не может быть достигнуто случайно. Нет нужды объяснять важность повышения качества школьного образования.Но одной из наших болевых точек является улучшение худших школ с низким качеством образования.
В 2019 году ни один из 2126 учащихся таких школ не поступил в высшие учебные заведения. Эти школы изучены. Конечно, мы не можем позволить себе изучить 10 000 школ. Однако в ходе опроса 2126 школ была изучена степень пригодности школьного руководства к должности. В результате этих мер количество таких школ к 2020 году утроится. В этом году этот показатель снизился в четыре раза. По сравнению с 2019 годом в самой неэффективной школе наблюдается снижение в 12 раз.
Отрадно, что более 2000 школ и районов, где годами не выпускали специалистов с высшим образованием, сегодня выпускают врачей, журналистов, инженеров и учителей. Это не только улучшает качество жизни школьников в будущем, но и помогает предотвратить бедность в этом районе.
Я рад сообщить, что мы начали улучшать качество образования во всех школах. Доказательством тому является тот факт, что худшие школы сократились в 12 раз за два года. Это произошло не само собой. Целенаправленный подход к каждой школе дал свои плоды. 98 высших учебных заведений поддержали 634 школы. В результате почти в 90 процентах школ для отцов произошли положительные изменения.
Кроме того, педагоги имеют возможность работать над собой. С годами количество высококлассных учителей выросло с 4 до 6 процентов всего за один год. Иными словами, около 10 000 учителей получили дополнительные высшие оценки. Количество учителей первой категории также увеличилось с 13% до 17%, или на 4%. Это более 30 000 учителей в год. Одним из наиболее эффективных показателей является тот факт, что каждый из этих более чем 30 000 учителей начал обеспечивать качественное обучение в среднем 30 детей.
Такие изменения можно увидеть во всех регионах страны. Мы набрали потенциальных специалистов для 1409 школ в самых отдаленных, некачественных, несертифицированных школах в отдаленных районах.
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 6 ноября 2020 года «О мерах по развитию образования и науки в новый период развития Узбекистана» 100% работающих в таких школах из других регионов а 50 процентная надбавка будет выплачиваться тем, кто покинул район.
Ориентация на школу с самым низким качеством образования окупилась.
— Учебники являются источником знаний для учащихся, обучают определенной теме учителей. В этом смысле содержание учебников по естественным наукам, а такжеКакие изменения произошли в их оформлении с точки зрения типографики?
— Одним из недостатков государственной системы образования на протяжении многих лет является отсутствие комплексной учебной программы, которая охватывает и четко определяет содержание школьного образования. Тем не менее, эффективность единой учебной программы, которая устанавливает стандарты для учащихся по мониторингу и оказанию помощи учащимся в овладении их навыками, а также знаниями и навыками, которые они приобретут до окончания учебы, была оправдана в ряде стран.
С учетом этого до учебников была создана национальная учебная программа. Вопрос о том, чему учить, был пересмотрен. В этом документе изложены четыре важных аспекта, которыми должен овладеть современный студент. Это критическое мышление, творческий подход, навыки сотрудничества и общения. Национальная учебная программа устанавливает требования к выпускнику, учебную нагрузку, методику обучения и систему оценивания.
Простой пример: когда мы анализировали математику с японскими экспертами, то увидели, что темы очень сложные и сложные для изучения. К 10-11 классам 5% детей хорошо разбирались в математике, а остальные 95% смогли завершить предмет. Поэтому разработана новая программа, которая проста для понимания, более интересна и поможет школьникам освоить математику, в какой бы области они ни работали завтра. Конечно, 5 процентов старшеклассников-математиков имеют возможность учиться в специализированных, дополнительных школах. Вот так мы заинтересовали выпускников средней школы математикой.
В этом году по новой программе выходят учебники для 1-2 классов. Естественно, возникает вопрос, чем он отличается от предыдущего учебника. Например, учебник по математике для 1 класса предназначен для того, чтобы научить ребенка мыслить критически. Подчеркивалось, что математика должна состоять не только из цифр, расчетов, формул, но и быть учебником логического мышления, обобщения, выделения, идентификации, развития мировоззрения ребенка.
Разница лишь в том, что у учителя раньше не было книги. Был только один учебник. В дополнение к учебнику в настоящее время разработаны учебник и тетрадь для учителя, мультимедийное приложение и всего четыре материала по каждому предмету. Комплекс основан на Кембриджской системе. Учителю выдается готовый учебник. Ранее было сказано, что вы пишете конспект учителю. У него не было никакой дополнительной литературы или Интернета, чтобы написать синопсис.
Любой уважающий себя учитель готовится к уроку. Сегодня мы дарим ему готовый учебник для учителя, интернет, методическое пособие. Точно так же для учащихся подготовлены качественные, ярко раскрашенные учебники. Это имеет большое значение. К 2026 году планируется ввести национальную учебную программу.Такие учебники будут созданы и для старших классов.
Благодаря иностранному гранту в размере 10 миллионов долларов издательство Cambridge University Press разработало отдельный учебник по двум предметам для всех классов. Со следующего года английский язык и информационные технологии будут полностью основаны на международных книгах.
В нашей стране только 10% занятий по математике, химии, физике и биологии посвящены практическим занятиям. В развитых странах этот показатель составляет 30-50%. Поэтому во взаимодействии с Министерством информационных технологий и связи ведется работа по увеличению использования цифровых технологий в учебных планах и практических занятиях по отдельным дисциплинам.
Глубокая мысль Абдуллы Авлони о том, что «образование является для нас вопросом жизни или смерти, спасения или разрушения, счастья или бедствия», должна применяться во всей нашей работе. Нашей высшей целью является достижение совершенства в воспитании наших детей. С этой целью мы издали учебники «Образование» для всех классов. Эти книги не только о хорошем воспитании, но и о секретах счастья и успеха. Студента вдохновляет опыт людей, добившихся счастья и успеха. То же самое относится и к грамматике.
— Изучение иностранных языков очень важно в подготовке любого специалиста, в его будущей карьере. Каковы изменения и достижения в сфере среднего образования? Какие новые образовательные стандарты и учебные планы внедряются на практике?
— Мы полностью просматриваем каждый иностранный язык. Полные учебники английского языка доступны на международном уровне. Мы увеличиваем количество преподавателей английского языка, имеющих международную сертификацию. Если IELTS и TOEFL являются сертификатами владения английским языком, то TESOL означает знание английского языка. То есть учитель может знать английский язык, но не уметь его хорошо преподавать. На сегодняшний день 400 наших преподавателей получили сертификат TESOL. Ожидается, что еще 15 000 учителей пройдут переподготовку в течение следующих трех лет. Это делается в рамках проекта English Speaking Nation с США. Увеличена заработная плата учителей, получивших этот сертификат. Например, если вы получаете надбавку в размере 15-30% по CEFR, вы получите сертификат степени TESOL или S1, а также еще одну надбавку в размере 50%. Представьте себе, что обычный учитель получает 30-процентную премию и еще 50 процентов. Теперь, если этот учитель перейдет в другую область, где качество образования низкое, он получит дополнительную 100-процентную премию. Фаррух Муродов и его жена Наргиза Куванова, семья учителей, решивших преподавать в школе № 54 поселка Аргон Нурабадского района, зарабатывают более 20 миллионов долларов в месяц.Это деньги, которые дает государство. Вы также можете заработать дополнительные деньги, занимаясь репетиторством.
Эти реформы приносят свои плоды. За последние три года количество иностранных выпускников со школьным аттестатом увеличилось в 10 раз. Благодаря фонду «Эл-Юрт умиди» с этого года 100 выпускников получили возможность учиться в престижных зарубежных вузах. Эта цифра растет с каждым годом.
Также существует специальный проект по обучению русскому языку как иностранному. «Класс!» означает «Отлично!» В рамках проекта издается книга, основанная на новой методологии. Также обсуждались переподготовка и аттестация учителей. Прохождение специального теста помогает нашим учителям улучшить свои знания русского языка.
В учебных центрах в настоящее время работают преподаватели из США и России. Цель – повышение квалификации учителей в отдаленных районах.
Мы также уделяем особое внимание углубленному изучению других иностранных языков. На минувшей неделе был проведен ряд встреч с послами различных зарубежных стран. Вместе с ними мы разрабатываем сложные программы, например, по обучению другим иностранным языкам, например, английскому и русскому.
Местные органы власти также несут важную ответственность за развитие образования. Многие факторы в этом процессе зависят от руководителей региона, т.е. губернаторов. Мэры каждого города и района работают над созданием условий обучения для учителей иностранных языков. Мы видим и наблюдаем положительные изменения у любого губернатора района или района, который понимает и поддерживает работников народного образования. Лучшие районные, два учителя английского и других иностранных языков города могут быть отправлены на стажировку за границу за счет средств местного бюджета. Для чего ведется эта работа? Если проанализировать, то можно увидеть, что страны с лучшим знанием иностранных языков являются лидерами в мире по экономике и инвестициям.
— Расскажите о PISA (Программа международной оценки учащихся). Какие новые проекты ждут педагогов на основе этих программ?
— Экзамены PISA пройдут в 2022 году. Мы участвуем в нем впервые. PISA — международный тест, измеряющий качество образования. Конечно, добиться высокого результата непросто. Вы не хотите расстраиваться, если не можете получить правильную подачу, поэтому инвестируйте в хороший каподастр. Необходимо хорошо подготовиться. Впервые была выражена политическая воля участвовать в таком испытании. Вот почему мы запускаем проект под названием STesting, чтобы подготовить учащихся и учителей к онлайн-тесту PISA. PISA учит ребенка решать жизненные проблемы на основе полученных знаний.То есть пора создавать тесты, решающие реальные, практические задачи, а не тест, который запоминает, какой писатель в каком году родился. В этом отношении ведется определенная работа.
Кембридж в сотрудничестве с ЮНЕСКО разработал проекты по повышению квалификации учителей. Цель состоит в том, чтобы обеспечить обучение на протяжении всей жизни. Ранее учитель бросил школу, чтобы повысить квалификацию в областном центре. Это неприятность. В настоящее время www. Через онлайн-платформу профессионального образования onlinedu.uz учителя могут повышать свою квалификацию в соответствии со своим временем и способностями. С этой целью в школах устанавливают оптоволоконный интернет. У педагогов есть возможности улучшить свои навыки онлайн и быть в курсе новостей. Продолжается оснащение школы информационными технологиями.
— Мы хотели бы знать о работе и планах в этой области.
«Улучшение условий для хорошей учебы детей является нашим главным приоритетом». Для этого нам нужно построить как можно больше новых школ. В этом плане строятся очень большие планы. В настоящее время ведется работа по выявлению источников финансирования и укреплению материально-технической базы. Даже если строить дворец, бесполезно, если уровня и знаний учителя недостаточно. Поэтому мы и дальше будем работать над повышением квалификации педагогов и созданием условий для их работы. Повысятся оклады и оклады высших, первоклассных, имеющих международную сертификацию учителей.
Нам нужно принести больше книг, а не только учебники. Ведь самое главное для школы – это литература. Внеклассные мероприятия включают культуру, искусство, чтение, спорт и информационные технологии. В общем, у нас много дел. Там большая очередь. Повышение качества образования по всей стране, работа с одаренными детьми, отбор и перевод их в профильные, Президентские школы, обеспечение их участия в международных конкурсах. Если раньше победителю Олимпиады вручалась только грамота, то теперь победителю Международной Олимпиады присуждается 122 млн сумов. Почти столько же денег получает и тренер, который готовил его к Олимпиаде. Такого еще никогда не было.
Вместе с местными властями на нас лежит большая ответственность за то, чтобы направить студентов в профессию или бизнес. Нам нужно обучить их информационным технологиям и тому, как делать деньги. В настоящее время многие студенты приобрели навыки работы с ИТ в рамках проекта One Million Das Turchi. Теперь они постепенно пытаются получить прибыль. Наша цель, чтобы наши дети в будущем могли жить со своими семьями, получая хороший доход через Интернет. Интернет в школах, компьютеры,современные учебники являются важным фактором в этом.
Пользуясь случаем, искренне поздравляем всех учителей и тренеров нашей страны с национальным праздником 1 октября – Днем учителя и тренера. Пожелаем им успехов в их начинаниях.
Новый корреспондент Узбекистана
Выступила Рисолат Мадиева.
Источник: Юз.uz

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:58:23
5-sinf ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami javobi bilan 5-sinf ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami javobi bilan
Qudrat Hikmat hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Qudrat Hikmat hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Ruxsatnoma olmagan abituriyentlarni DTM ogohlantirdi Ruxsatnoma olmagan abituriyentlarni DTM ogohlantirdi
11-noyabr onlayn darslar jadvali 11-noyabr onlayn darslar jadvali
1-11-sinf Ingliz tili ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 1-11-sinf Ingliz tili ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Maktablarda dars bo‘lmagan payt ya’ni kuzgi ta’til vaqti o‘qituvchi ishga kelmasa bo‘laveradimi? Maktablarda dars bo‘lmagan payt ya’ni kuzgi ta’til vaqti o‘qituvchi ishga kelmasa bo‘laveradimi?
2-noyabr onlayn darslar jadvali 2-noyabr onlayn darslar jadvali
Qur’onda eng ko‘p ta’kidlangan amalni bilasizmi? Qur’onda eng ko‘p ta’kidlangan amalni bilasizmi?
7-11-sinf Geometriya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar 7-11-sinf Geometriya ish reja 2022-2023 taqvimiy mavzu rejalar
Vaziyatni to’g’ri baholashga doir 15 ta dono fikr Vaziyatni to’g’ri baholashga doir 15 ta dono fikr
Gapiruvchi kampyuterlar yoxud JAWS dasturi haqida Gapiruvchi kampyuterlar yoxud JAWS dasturi haqida
“Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli qo’llanma nashrdan chiqdi “Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli qo’llanma nashrdan chiqdi
Neʼmat Aminov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol Neʼmat Aminov hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol
Kitob bosishning ixtiro qilinishi Kitob bosishning ixtiro qilinishi
Huquq fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf Huquq fanidan olimpiada savollari 9-, 10-, 11-sinf
DTM 2020- test sinovlari natijalari bo’yicha ma’lumot berdi DTM 2020- test sinovlari natijalari bo’yicha ma’lumot berdi
«Abru bahor» - qog'ozni badiiy bezash usuli haqida «Abru bahor» - qog'ozni badiiy bezash usuli haqida
Eng ko‘p millionerlar yashaydigan shahar qaysi? Eng ko‘p millionerlar yashaydigan shahar qaysi?
Maktabda «a’lo»chi bo‘lish muhimmi? Maktabda «a’lo»chi bo‘lish muhimmi?
Maktab ta'limi bo'yicha g'oya va takliflar portali ishga tushirildi Maktab ta'limi bo'yicha g'oya va takliflar portali ishga tushirildi