Metodbirlashma faoliyatini nimalar tashkil etadi?
⚡️Quyidagilar metodbirlashmaning faoliyatini tashkil qiladi:
☝️Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkimi bo‘yicha metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.
☝️Umumta’lim maktablarida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, metodbirlashma tashkil etiladi.
👆Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metodbirlashmaga birlashadi.
☝️Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishilgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijotkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.
☝️Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishi yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.
👆Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgust kungi 183-sonli buyrug‘i.
Mavzuga doir:
Metod birlashma qanday tashkil etiladi? TavsiyaPedagoglarning namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish qay tartibda amalga oshiriladi?Barcha fanlardan metodbirlashma hujjatlari yuklab olishJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:46