Pandemiya sababli Yevropadagi ayrim universitetlar talabalar yetishmovchiligiga duch kelishdi
Irlandiyaning eng yirik universitetlari xalqaro talabalar yetishmayotganligidan shikoyat qilishmoqda.
“Journal” yangiliklar portali
xabariga ko’ra, yozgi ta’til vaqtida uylariga ketishgan minglab talabalar viza hamda boshqa byurokratik to’siqlar tufayli endilikda mamlakatga qayta olishmayapti.
Ta’kidlanishicha, qiyinchiliklar, avvalo, Lotin Amerikasi hamda Osiyodan keladigan talabalarda yuzaga kelmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu holat sabab mahalliy universitetlar o’n millionlab yevro yo’qotishlari mumkin. Chunki har bir chet ellik talaba bir semestr uchun taxminan o’rtacha hisobda 7 ming yevro to’laydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:49:19