ROʻZIYEV

ROʻZIYEV Boʻron (1941, Qiziltepa tumani Vangazi qishlogʻi) — gaz koni operatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). 1962—64 y. larda turli tashkilotlarda ishchi. 1964 — 72 y. larda «Buxoroburgʻineft» va «Qashqadaryogaz» boshqarmalarida burgʻi ustasi yordamchisi, neft va gaz konlari operatori. 1972-y. dan hoz. gacha «Muborakgaz» gaz konlari boshqarmasiga qarashli Muborak gaz konida neft va gaz qazib olish boʻyicha operator. U Muborak, Shoʻrtepa, Shim. Maymanak gaz va neft konlaridagi neft quduqlarini ishga tushirish va oʻzlashtirishda, konlarda yangi texnikani joriy etishda, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlash uchun kurashda jonbozlik koʻrsatgan.