RABINJON OLTIN-MIS KONI

RABINJON OLTIN-MIS KONI — Zirabuloq togʻlarining shim.-sharqida joylashgan kon. 1958-y. da ochilgan. Oltin-sulfid-kvarsli konlar guruhiga mansub. Konning geologik tuzilishini akad. H. N. Boymuhamedov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi oʻrgangan. Kon quyi va yuqori silur, devon davrlarining choʻkindi-metamorfik jinslari va mezokaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan. Rabinjon oltin-mis konida sof oltin, elektrum (kumushli sochma oltin), oltin telluridi, bornit, xalkopirit, xalqozin va kovellin kabi foydali qazilmalar mavjud. Shuningdek, kvars, kalsit, ankerit, flyuorit, molibdenit, pirit, arsenopirit, lyollingit, pirrotin, kumush telluridi ham uchraydi. Rabinjon oltin-mis konining minerallari, asosan, termalmetamorfik, skarnligidrotermal va gidrotermal bosqichlarda hosil boʻlgan. Rabinjon oltin-mis koni Zirabuloq — Ziyovuddin rudali rnidagi istiqbolli kon.