RABI

RABI (Rabi) Izidor Ayzek (1898.29.7, Rimanuv, hoz. Polsha — 1988) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1940). Kornell un-tini tugatgan (1919). 1929-y. dan Kolumbiya un-tida ishlagan (1937-y. dar prof.). Massachusets texnologiya in-ti radiatsiya lab. direktorining yordamchisi (1940—45). Ilmiy ishlari magnetizm, yadro fizikasi, kvant mexanikasi va b. ga oid. Rabi atom yadrosining magnit momentini radiochastotali rezonans yoʻli bilan oʻlchashning yangi usulini ishlab chiqib (Rabi shkalasi) proton va deytronning magnit momentini aniqlagan (1933 — 39). Nobel mukofoti laureati (1944).