RABOD

RABOD (arab.) — Oʻrta Osiyo, Eron va Afgʻonistondagi oʻrta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik doʻkonlari, mahallalari joylashgan qismi. Rabodlar 7—8-a. larda paydo boʻlib, shaharlarning arki yoki shahristoni atrofiga qurilgan. 11 — 12-a. larda Oʻrta Osiyo shaharlarining mustahkam qismiga aylangan. 13-a. boshida moʻgʻullar istilosi natijasida koʻplab qad. shaharlarning arki va shahristoni xarobaga aylanib qolgan boʻlsada, Rabod larda hayot davom etgan.