RABIN

RABIN Isxak (1922—95) — Isroil bosh vaziri (1974—77 va 1992—95). 1964—66 y. larda armiya bosh shtabi boshligʻi. 1984—90 va 1992-y. dan mudofaa vaziri. 1992-y. dan «Avoda» partiyasi raisi. Diniy ekstremist tomonidan oʻldirilgan. Nobel tinchlik mukofoti laureati (1994).