RYUYTEL Arnold Fyodorovich

RYUYTEL Arnold Fyodorovich (1928.10.5, Saarema uyezdi) — Estoniya davlat arbobi. Estoniya q. x. akademiyasini tugatgan (1964). Q. x. fanlari dri. Mehnat faoliyati 1949-y. dan boshlangan. Estoniya chorvachilik va veterinariya i. t. institutining tajriba bazasida bosh zootexnik, shu int direktori oʻrinbosari (1957—63), «Tartu» szi direktori (1963—69), Estoniya q. x. akademiyasi rektori (1969—77). Estoniya KP MK kotibi (1977—79), Estoniya Vazirlar Kengashi raisining 1oʻrinbosari (1979—83), Estoniya Oliy Kengashi Prezidiumi (1983—90), Estoniya Oliy Kengashi (1990—92) raisi. 2001-y. sent. dan Estoniya Respublikasi prezidenta. Shuningdek, Jahon «Yashil xoch» tashkilotining Estoniya boʻlimi va «Estoniya sohili va dengizi» harakati raisi.