RELEY

RELEY, Reyli (Rayleigh) Jon Uilyam [lord unvonini olguncha (1873) — Strett (Strut:); (1842.12.11, LengfordGrov — 1919.30.6, TirlingPleys] — ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1873-y. dan). Kembrij un-tini tugatgan (1865), J. K. Maksvell oʻlimidan keyin shu un-t prof. (1879-y. dan) va Kembrij un-ti krshidagi Kavendish lab. direktori. Britaniya Qirollik in-ti prof. (1887-y. dan).

Ilmiy ishlari akustika, tebranish nazariyasi, optika, elektr va fizikaning boshqa sohalariga oid. U guruhdi va fazaviy tezliklar farqini tushuntirib berdi va guruqli tezlik formulasi (Reley formulasi)ni yaratdi. Reley mutlaq qora jism nurlanishining qonunlaridan biri — shu jism nurlanish spektrida energiya taqsimotining traga bogʻlikligini ifodalaydigan qonun (Reley — Jins nurlanish qonuni)ni ishlab chiqdi (1900), bu qonun kvant nazariyaning yaratilishida muhim oʻrin egalladi. Reley yorugʻlik sochilishining molekulyar nazariyasiga asos soldi. U U. Ramzay bilan birgalikda argonni kashf etdi (1894). Nobel mukofoti laureati (1904).