RUTA

RUTA — ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimp; naqsh mujassamotini oʻrab turadigan hoshiya naqsh. Amaliy bezak sanʼatining deyarli barcha turlari (naqqoshlik, ganch va yogʻoch oʻymakorligi, miskarlik, gilamchilik va h. k.)da keng qoʻllanadi. Rutaning kengligi naqsh mujassamotida turlicha boʻlishi mumkin, uning ketmaket hamda toʻnkarma usulda ulanadigan xillari mavjud. Ketmaket ulanuvchi Rutalar 1, 2, 3 yoʻnalishli boʻlib, har bir yoʻnalish bittadan chiqish nuqtasiga ega boʻladi. Toʻnkarma Rutaning taqsim asosini usta 2 buklangan qogʻozga chizadi, buklangan qogʻozni ochganda toʻnkarma Ruta axta (ulgi)si hosil boʻladi; unda 1—2, baʼzan 3 chiqish nuqtasi boʻlishi mumkin, bunday Rutada 3chiqish nuqtasi (odatda, oʻrtada boʻladi) boʻsh joylarni toʻldirishga xizmat qiladi. 2 chiqish nukali Ruta larda «aylanma nusxa» deb ataladigan kompozitsiya ham uchraydi (yaʼni 2 nuqtadan chiqqan novdalar halqa hosil qiladi), toʻldiruvchi boʻlaklar ham novdalarning oʻrnashgan joyiga moslab chiziladi.