RUSTAMOV

RUSTAMOV Toshtemir (1906, Chimkent viloyati, Qorabuloq qishlogʻi — 1943.18.8, Smolensk obl. Dorogobuj rni, Aleksino qishlogʻi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942-y. dan frontda. 1083oʻqchi polki (Gʻarbiy front 5armiyaning 312oʻqchi diviziyasi)ning oʻqchisi. Rustamov 1943-y. 18 avg. da Smolensk obl. ning Dorogobuj rnidagi Borisovka qishlogʻi uchun boʻlgan jangda oʻz tanasi b-n dushman dzoti ambrazurasini berkitgan. 1944-y. 3-iyunda (oʻlimidan soʻng) Kaxramon unvoni berilgan. Toshkent sh. va Sayram tumanidagi maktablardan biriga Rustamov nomi berilgan.