RORAYMA

RORAYMA — Braziliyaning shim. dagi federal hudud. RiuBranku daryosi havzasida, Venesuela va Gayana chegarasida. Mayd. 225,1 ming km2. Aholisi 324,2 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — BoaVista sh. R. ning katta qismi Gviana yassitogʻligining jan. pastroq chekka qismida, qolgan qismi Amazonka pasttekisligida joylashgan. Iklimi shim. da subekvatorial, jan. da ekvatorial, issiq va nam iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 26—28°, yillik yogʻin 1300—2300 mm. Qimmatbaho daraxtlar oʻsadigan ekvatorial oʻrmonlar. shim. hududlarida savannalar bor. Xoʻjaligining asosini oʻrmonchilik tashkil etadi. Baliqovlanadi, ovchilik rivojlangan. Olmos va oltin konlari bor.