RONALDO

RONALDO (Ronaldo) Ruis Nazario da Lima (1976.22.9, RiodeJaneyro yaqinida) — futbolchi. «Eyndxoven» (Gollandiya, 1994—96), «Barselona» (Ispaniya, 1996—97), «Inter» (Italiya, 1997—2001), «Real» (Ispaniya, 2001-y. dan) jamoalarining hujumchisi. Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynab jahon chempioni (1994, 2002) va Olimpiada oʻyinlari (1996)ning bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996, 1997, 2002-y. larda jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. Fenomen laqabi b-n mashhur.