ROMBOEDR (romb va yun. hedra — asos, yon, tomon) — hamma yokdari teng romblar boʻlgan parallelepiped. Baʼzi kristallarning, Mas, island shpatining kristallari Romboedr shaklida boʻladi. Parallelepiped faqat uchinchi tartibli simmetriya oʻqiga ega boʻlgandagina Romboedr boʻladi.