ROBINSON

ROBINSON (Robinson) Joan Vayolet (1903.31.10, Kamberli — 1983. London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij un-tini tugatgan. 1965—71 y. larda shu untda prof. A. Marshall maktabining taniqli vakili. Robinson makroiqtisodiy jarayonlar taxlilidagi umumiy yondoshuvlarda J. M. Keynsta, taxlilning asosiy kategoriyalari (daromad, ish haqi, foiz kapital)ga yondoshuvda A. Marshall va D. Rikardoga tayanadi. 20-a. ning 30-y. lari boshida nomukammal raqobat nazariyasini, 50-y. larda oʻzining iqtisodiy oʻsish nazariyasini yaratdi. 1933-y. da nashr etilgan «Nomukammal raqobat iqtisodiyoti» asari unga katta shuhrat keltirdi. Robinsonning asarlari monopoliyalar faoliyatida bozorlarning oʻrni muammolarini aniqlash va oʻrganishga bagʻishlangan.