RIZOIDLAR

RIZOIDLAR (yun. rhiza — ildiz, eidos — koʻrinish) , sodda ildizlar — yoʻsinlar, lishayniklar va baʼzan suvoʻtlar hamda zamburugʻlarda ildiz vazifasini bajaruvchi qilsimon ipchalar. Suv hamda oziq moddalarni shimish va substrat (tuproq, toshlar)ga yopishib oʻsish uchun xizmat qiladi.