RIVOYAT

RIVOYAT (arab. hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdanogʻizga oʻtish jarayonida erkin talkin qilinadi. Rivoyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy P. hamda toponim Rivoyat larga boʻlinadi. Tarixiy Rivoyatda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari b-n bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday Rivoyatlar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va b. hayoti b-n bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim Rivoyat larda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida. odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izoxlanadi (Mas, «Toʻrabek xonim maqbarasi», «Anda jon qildi», «Odinajonim», «Qoʻngʻirot» va b.). R. lar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiynij «Badoeʼ ulvaqoeʼ», Xondamirning «Makorim ulaxloq» va b. asarlarda Rivoyat larning qad. namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp Rivoyatlar yozib olingan va ular xalqtarixi hamda madaniyestetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir.