RJANKALAR

RJANKALAR, moshaklar (Charadriidae) — balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 160 turi, Oʻzbekistonda 47 turi, 22 urugi (loyxoʻraklar, yakantovuqlar, moshaklar, bigiztumshuklar, qiziloyoklar, torgʻoqlar, balchiqchilar va b.) bor. 2—4 ta tuxum bosadi. Ayrim turlari sport ovi obyekti. 9 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.