REFLEKTOR

REFLEKTOR (lot. refl ecto — bukaman, qaytaraman) — 1) yorugʻlik, tovush, issik/shk toʻlqinlari, gidrostatik, elektromagnit energiya oqimlari yoʻnalishi va jadalligini, shuningdek, qayishqoqlik xossasiga ega bulgan kattik, jismlar xarakati yunalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan qaytargich qurilma; R. ning qaytaruvchi sirti bir yoki bir necha koʻzgudan iborat. Toʻlqinlar yoki oqimlarni tuplash uchun Reflektor sirti botik, (sferik, paraboloidal va b.) boʻlishi lozim. Reflektor akustika, radiotexnika (antenna), uyroʻzgʻorda ishlatiladi; 2) astronomiya da — koʻzguli obyektiv bilan jixrzlangan teleskop. R. da tasvir okulyar orqali kuzatiladi, boshqa yorugʻlik qabul qiluvchi qurilma bilan suratga olinadi yoki qayd qilinadi. Reflektorda asosiy koʻzgudan tashqari abberatsiya hodisasini kamaytiradigan qoʻshimcha koʻzgu yoki linza ham boʻlishi mumkin. Reflektorda yulduzlar, sayyoralar, Quyosh va b. ning tasviri asosiy botiq koʻzguda va qoʻshimcha qavariq yoki yassi koʻzgularda hosil boʻladi. Reflektorning Nyuton, Kassegren, Gregori va b. tizimli turlari bor (racmga k,.). Dunyodagi eng katta Reflektor asosiy koʻzgusining diametri 6 m (Rossiya). Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tidagi Reflektor koʻzgusining diametri 1,5 m.