REFLEKSOLOGIYA

REFLEKSOLOGIYA (refleks va… logiya) — psixologiyadagi tabiiyilmiy oqim. Odamning butun psixik faoliyati tashqi muhit taʼsirida paydo boʻladigan reflekslar majmuidan iborat deb hisoblaydi. V. M. Bexterev asos solgan. 1900—20 y. larda Rossiyada tarqalgan. Bosh miya faoliyati bilan bogʻliq barcha reflekslarni tadqiq etib, ongning psixik faoliyatdagi oʻrnini inkor etdi, organizmning obyektiv raviщda kuzatish mumkin boʻlgan reaksiyalarini oʻrganish b-ngina cheklandi. Refleksologiya uzining ayrim yutuqdariga qaramay, psixik jarayonlarni mexanistik talqin etdi. 20-a. ning 20-y. lari oxirida oʻz mavqeini yoʻqotdi.